calendar 23 Jan 14:02
eye 65
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonning tashqi savdodagi manfiy balans hajmi ortmoqda 

image

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida eksport hajmidan import hajmi ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston 2023 yilda 24 mln dollarlik eksportni amalga oshirgan bo‘lsa, import hajmi 38 mln dollarni tashkil etgan. Hisobot davrida -13 mln 715 ming AQSH dollari qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etilgan. 2022 yilda manfiy ko‘rsatkich -11mln dollarni tashkil etgan edi. 

Tashqi savdo aylanmasida Xitoyga qaramlik ortib bormoqda. O‘tgan 2023 yilda 11 mln dollarlik (2022 y. 6,4 mln dollar; 2021 y. 4, 9 mln dollar) mahsulot Xitoydan import qilingan bo‘lsa, eksport hajmi qisqarib, 2,4 mln dollarni tashkil etgan (2022 y. 2,6 mln dollar; 2021-y. 2,5 mln dollar). 

Tashqi savdoda O‘zbekiston bilan eng ko‘p hamkorlik qilgan davlatlar: 

  • Rossiya – eksport 3,3 mln dollar, import 6,5 mln dollar;
  • Qozog‘iston – eksport 1,3 mln dollar, import 3,0 mln dollar;
  • Turkiya – eksport 1,2 mln dollar, import 1,8 mln dollar;
  • Koreya Respublikasi – eksport 40,4 ming dollar, import 2,3 mln dollar;
  • Turkmaniston – eksport 171 ming dollar import 923 ming dollarni tashkil etgan. 

2023 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 32,9 foizni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2022 yilning mos davriga nisbatan 6,8 foizga kamaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston xorijdan sotib olgan tovarlar — import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (39,2 %), sanoat tovarlari (16,6 %) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,8 %) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mohinur Mamatova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
37
0
xs.uz

26-iyul kuni harorat 45 darajani tashkil etadi

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +24...+26 daraja, kunduzi +40...+42 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-toʻzonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +32...+37 daraja b

20 Jul 21:18
 
114
0
qalampir.uz

Farg‘onada harakatlanayotgan Damas’dan sakragan yigitni boshqa Damas bosib ketdi

Farg‘ona shahrida harakatlanayotgan Damas’dan sakragan yigitni boshqa Damas rusumli avtomobil bosib ketdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, hodisa joriy yilning 16 iyul kuni Qirguli mavzesi Shifokorlar ko‘chasida sodir bo‘lgan. Fuqaro N.K. boshqaruvidagi  Damas rusumli avtomashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro D.P. avtomobilning orqa eshigini ochib, sakragan va qarama-qarshi tomonida

22 Jul 12:08
 
61
0
xs.uz

Bitiruvchilarga diplom topshirildi

' Institutda tahsil olgan toʻrt yilni hayotimning eng baxtli onlari deb hisoblayman, ' deydi imtiyozli asosda talabalikka qabul qilinib, pedagog degan sharafli nomga sazovor boʻlgan Fariza Amonboyeva. ' Taʼlim olish bilan birga, turli tanlov va fan olimpiadalarida ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdim Bugun oʻzimning Tomdi tumanidagi olis 'Chuqurquduq' qishlogʻimga qaytib, mamlakatimiz, Yurtboshimiz bildirgan ishonchni oʻz mehnatim bilan oqlayman.Bitiruvchilarga diplomlarni to

26 Aug 12:29
 
17
0
xs.uz

“Chorsu” bozoridagi kiyim doʻkonida yongʻin sodir boʻldi

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan 'Chorsu' bozorida yana yongʻin chiqqani haqida xabarlar tarqaldi. FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, 25-avgust kuni soat 20:48 da Toshkent shahar FVBga Shayxontohur tumani Zarqaynar koʻchasida joylashgan doʻkonlarning birida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar tushgan.Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 20:53 da yetib borib, alanga soat 21:06 da oʻchirilgan. Yongʻin oqibatida kiy