calendar 23 Jan 11:27
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ispaniya YeIdan Isroilga chora ko‘rishni so‘radi

image

Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares Yevropa Ittifoqini Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini to‘xtatish va Falastin davlatini tan olish uchun chora ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda u kecha, 22 yanvar kuni YeI Tashqi ishlar vazirlarining Bryusseldagi yig‘ilishi oldidan matbuotga bayonot berdi.

Vazirning aytishicha, ikki davlat qarori va Falastin davlatini tan olishni haqiqatga aylantirish vaqti kelgan. U Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha davlatlar bilan ham Falastin davlatini tan olish, ham xalqaro tinchlik konferensiyasini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ta’kidladi.

“Butun dunyo rozi bo‘lmasligi tayin, bu oson emas, lekin bir narsa aniq: barcha yevropaliklar Yaqin Sharqda tinchlik o‘rnatish istagida. Yaqin Sharqning barcha mamlakatlarida tinchlik va xavfsizlik, jumladan, do‘st davlat sifatida Isroil ham Falastin davlati barqarorligiga bog‘liq. Agar biz bu zo‘ravonlikning Yaqin Sharqdagi oxirgisi bo‘lishini xohlasak, Falastin xalqiga umid berishimiz kerak. Biz mintaqadagi barcha davlatlar bilan real va yashovchan Falastin davlati haqida gaplashishimiz va bu orzuni ushalishiga hissa qo‘shishimiz joiz”, deydi Albares.

Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Yevropa Ittifoqi davlatlarini “faollashishga” chaqirar ekan, endilikda G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda birlashgan hokimiyatga ega, poytaxti Sharqiy Quddusda joylashgan va Isroil tomonidan tan olingan Falastin davlatini yaratish choralarini ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel Yaqin Sharqdagi mojaroni tugatish uchun ikki davlat asosidagi yechim zarurligini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 18:46
 
70
0
qalampir.uz

Italiya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi

Italiya diplomatik aloqalari uzilganidan 12 yil o‘tib, Suriyaga o‘z elchisini qayta yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani 25 iyul kuni parlament qo‘mitalari oldida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Rim Rossiyaning Yaqin Sharqdagi diplomatik sa’y-harakatlari monopoliyaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Suriya bilan diplomatik aloqalarni tiklashga harakat qilmoqda. Bunday diplomatik harakat esa Yevropa Ittifoqi mamlaka

12 Jul 18:58
 
99
0
qalampir.uz

Erdo‘g‘an Vashingtonda Zelenskiy bilan uchrashdi (video)

Kecha, 11 iyul kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammiti doirasida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi. Uchrashuvda Zelenskiy Erdo‘g‘an bilan Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi urushning borishi, mintaqaviy va global muammolarni muhokama qilgan. Erdo‘g‘an urushning adolatli tinchlik bilan tugashi uchun sa’y-harakatlarini davom ettirayotganini aytgan. Shun

26 Jul 10:19
 
45
0
qalampir.uz

G‘azo va Ukrainadagi urushlarni tugatishga harakat qilaman – Bayden 

AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da berdi. Bu haqda u prezidentlik poygasini tark etganidan so‘ng birinchi marta jamoatchilikka murojaatida ma’lum qildi. Bayden prezidentlik muddatining qolgan qismini ichki va tashqi siyosatdagi muhim mavzularga qaratish bilan o‘tkazishini va kam ta’minlangan oilalar uchun xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiyotni rivojlantirish va demokratiya va inson huquqlari kabi so

15 Jul 12:02
 
88
0
qalampir.uz

Turkmaniston hukumati 1 avgustdan bir oylik ta’tilga chiqadi

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakat hukumatiga 1 avgustdan 1 sentabrgacha ta’tilga chiqishga ruxsat berdi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha “Neytral Turkmaniston” rasmiy gazetasi xabar berdi. Berdimuhamedov, umuman olganda, birinchi yarim yillikdagi ko‘rsatkichlar qoniqarli ekanini ta’kidlab, barcha vazirlik va idoralar rahbarlariga olti oylik yakunlari bo‘yicha yaqin kunlarda yig‘ilishlar o‘tk