calendar 22 Jan 16:27
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda qariyb milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

image

O‘zbekistonda Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda qariyb milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Bildirilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda MCHJ rahbari va boshqa xodimlari tijorat maqsadida mehmonxona binosini umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulagani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda 495 million 400 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingan.

Shuningdek, departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda oilaviy korxona rahbari ham issiqxonani tarmoqqa noqonuniy ulab, o‘g‘irlangan gazdan foydalanib kelgan. Avvalroq gazdan qarzdorligi sababli tarmoqdan uzib qo‘yilgan issiqxonaning davlatga 318 million 700 ming so‘mlik zarar yetkazgani aytilmoqda. 

Departamentning Karmana tuman bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham yana bir oilaviy korxona hech qanday shartnomasiz tarmoqqa ulanib, 144 million 900 ming so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

"Mazkur holatlar yuzasidan hozirda Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi bu haqdagi xabarda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 13:03
 
73
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Komissiyasi Prezidentiga maktub yoʻlladi

Davlatimiz rahbari oʻz maktubida soʻnggi yillarda Oʻzbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan keng qamrovli munosabatlarini sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga koʻtarishda, mamlakatimizdagi ortga qaytmas tus olgan demokratik va iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda Yevrokomissiya Prezidentining ulkan shaxsiy hissasi borligini alohida taʼkidladi.Birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan hamkorlik barcha ustuvor yoʻnalishlarda yanada yuksak bosqichga koʻtari

17 Jul 10:39
 
82
0
qalampir.uz

Turizm sohasida oliy ta’lim 4 yillikdan 3 yillikka o‘tkaziladi 

Turizm sohasida oliy ta’lim to‘rt yillikdan uch yillikka o‘tkaziladi. Bugun, 16 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kabi takliflar bilan hududlarda turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimotda tanishdi. Ma’lumki, turizm sohasi uchun mutaxassislar tayyorlash masalasi ham muhim. Kelayotgan o‘quv yilidan boshlab, bu borada ham qator yangiliklar mo‘ljallanmoqda. Masalan, turizm va mehmonxona xo‘jaligi so

26 Aug 12:29
 
13
0
xs.uz

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

Homiladorlik ' ayol organizmida katta oʻzgarishlar yuz beradigan palla. Xususan, bu davrda tishlar va milk bilan bogʻliq ayrim muammolar paydo boʻlishi mumkin.Xoʻsh, bunday paytda ayollar tishlarini davolatishi mumkinmi?Ushbu savolga oliy toifali shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.'Homiladorlikda tishlar va milklarning yaxshi parvarish qilinishi juda muhim. Chunki mazkur holat umumiy salomatlikka ham taʼsir koʻrsatadi.Aytish lozimki, bu davrda gormonal oʻzgarishlar tufayli milk va tish

10 Jul 11:19
 
50
0
qalampir.uz

Yunusobodda quvur yorilishi oqibatida qancha ichimlik suvi yo‘qotildi? 

Avvalroq, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida katta suv o‘tkazgich tarmog‘idagi nosozlik sabab ko‘chalarni suv bosgandi. Buning oqibatida 80-85 ming kub metr miqdoridagi ichimlik suvi yo‘qotilgan. Bu haqda kecha, 9 iyul kuni “O‘zsuvta’minot” AJ bo‘lim boshlig‘i Asiljon Muhiddinov AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning aytishicha, nosozlik 1970-1975 yillarda tortilgan suv quvurlarining bugungi kunda ta’mirtalab ahvolga kelgani va o‘s