calendar 22 Jan 10:32
eye 73
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Sobiq bosh vazir 7 yilga qamalishi mumkin

image

Moldovada pul yuvishda ayblanayotgan sobiq bosh vazir Vladimir Filat ustidan sud jarayoni boshlandi. Bu haqda “Ziarul de Garda” nashri xabar berdi.

“Bugun Filat ishi bo‘yicha tuman sudining majlisi bo‘lib o‘tdi, sobiq bosh vazirga qarshi jinoiy ish olib borayotgan prokuror Nadejda Busuyok yetti yillik qamoq jazosini so‘radi”, deyiladi manbada.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Filat katta hajmdagi pul yuvish bilan shug‘ullangan. Ayni paytda sobiq bosh vazirdan davlat hisobiga 723 ming dollar undirish so‘ralmoqda.

2016 yilda ham siyosatchi korrupsiyada aybdor deb topilib, to‘qqiz yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2020 yilning dekabr oyida esa sobiq bosh vazir muddatidan avval qamoqdan ozod etilgan.

Filatning o‘ta yirik miqdordagi pul yuvish bo‘yicha ishi 2018 yilda ochilgan bo‘lib, unga ko‘ra, siyosatchi o‘zi yetakchiligidagi Liberal-demokratik partiyani targ‘ib qilishda yordam berishi uchun Amerika konsalting firmasiga 12,8 million ley to‘laganlikda ayblangan.

O‘z navbatida siyosatchining o‘zi ham sudni adolatsiz va bu to‘g‘ridagi dalillarni yolg‘on deb atagan.

"Umid qilamanki, sud taqdim etilgan dalil va hujjatlarni xolis va har tomonlama o‘rganib, qaror qabul qiladi. Bu ish Yevropa sudi qarori bilan adolatsiz deb topilgan, guvohlarni tinglamasdan, yopiq eshiklar ortida o‘tkazilgan yig‘ilishlarga asoslangan avvalgi hukmga o‘xshaydi”, degan Filat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polshada sobiq Ichki ishlar vaziri va uning o‘rinbosari hibsga olingan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Jul 11:31
 
85
0
qalampir.uz

Imron Xonning partiyasi yetakchisi ham hibsga olindi

Pokiston politsiyasi Adiala qamoqxonasida jazo o‘tayotgan sobiq bosh vazir Imron Xon tomonidan asos solingan “Adolat harakati” partiyasi raisi vazifasini bajaruvchi Gohar Ali Xonni hibsga oldi. Bu haqda partiya vakiliga tayanib, “Reuters” xabar berdi. Muxolifat partiyasi rahbarining hibsga olinish sabablari hozircha aytilmagan. Avvalroq hukumat sobiq hukmron partiya faoliyatini taqiqlash, shuningdek, Xon va sobiq prezident Arif Alviga xiyonat, xususan, ularni

11 Jul 15:28
 
123
0
qalampir.uz

AQSH avvalroq to‘xtatilgan bombalar partiyasini Isroilga yetkazib beradi – WSJ

Vashington ma’muriyati yaqinda Isroilga AQSH hukumati tomonidan yetkazib berilishi to‘xtatilgan bomba yuklarini yuboradi. Bu haqda “The Wall Street Journal” manbalarga tayanib xabar berdi. Manbalarga ko‘ra, AQSH yahudiy davlatiga og‘irligi 500 funt (taxminan 227 kg) bo‘lgan bombalarni jo‘natadi. Ularni yetkazib berish may oyida Isroilning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga hujumi tufayli to‘xtatilgan edi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bombalar partiy

26 Jul 18:41
 
73
0
qalampir.uz

Rossiyalik deputatlar Putinni Olimpiya sulhiga chaqirdi

Rossiyalik deputatlar Parijdagi Olimpiya o‘yinlari vaqtida Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha sulhga chaqirdi. Bu haqda ular kecha, 25 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Rossiya Federatsiyasi siyosiy rahbariyatiga ochiq xat yo‘lladi. Murojaatni 40 ga yaqin deputat imzolagan. Qayd etilishicha, deputatlar shaxsan Putinni “tinchlik va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik”ni namoyish etishga chaqirib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2000 yil 8

12 Jul 12:02
 
85
0
xs.uz

Pokiston afgʻon muhojirlarini chiqarib yuborish rejasini eʼlon qildi

Pokiston mamlakatda noqonuniy yashayotgan koʻp sonli afgʻon muhojirlarini chiqarib yuborish rejasini eʼlon qildi. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Gʻarb davlatlariga koʻchirilishi maʼqullangan oʻn minglab afgʻonlar hozirda Pokistonda qolmoqda. Islomobod bu muhojirlarni 'Noqonuniy xorijliklarni repatriatsiya qilish rejasi'ning ikkinchi bosqichi doirasida deportatsiya qilishni maqsad qilgan.Pokiston tashqi ishlar idorasi matbuot kotibi Mumtoz Zahra Balochning aytishicha, reja c