calendar 20 Jan 17:04
eye 84
comments 0
comments Manba: xs.uz

Transport egalarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir majburiyatlari alohida belgilandi

image
Qonun bilan yoʻl egasining huquq va majburiyatlari, transport egalarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir majburiyatlari hamda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlayotgan haydovchilarning huquqlari alohida belgilandi.

Yoʻl qaysi korxona, muassasa, tashkilot yoki jismoniy shaxslar ixtiyorida boʻlsa, oʻshalar yoʻl egasi hisoblanadi.

Yoʻl egasi yoʻllarni qurish, taʼmirlash va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishib olish va tasdiqlashda, shuningdek taʼmirlash ishlarini tashkil etishda ishtirok etish huquqiga ega.

Transportni oʻz xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarish uchun, shu jumladan transportning mulkdori yoxud boshqa egasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasiga yoki fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnomaga asosan boshqaruvchi shaxs transport vositasining egasi boʻlmaydi.

Transport egalari:

' texnik jihatdan soz transportdan foydalanishi;

' transportning tegishli malakaga ega va tibbiy koʻrikdan oʻtgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga ijozat berishi;

' transportdan foydalanish chogʻida boshqa shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga va (yoki) mulkiga zarar yetkazganlik uchun oʻz fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni amalga oshirishi;

' transportning alkogoldan mast holatda yoki psixoaktiv moddalar taʼsiri ostida yoxud oʻta charchoq holatda boʻlgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga yoʻl qoʻymasligi shart.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Sep 21:35
 
16
0
xs.uz

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi yangi elchisi tayinlandi

Baxtiyor Ibragimov Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Bu haqda 'Dunyo' AA xabar bermoqda.Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning yangi elchisi ' Baxtiyor Ibragimov 51 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Rossiya tashqi savdo akademiyasini tamomlagan.U mehnat faoliyatini 1994-yilda Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (hozirgi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi) markaziy apparatida boshlagan. Ibragimov u yerda yeta

09 Oct 12:39
 
6
0
xs.uz

Oʻzboshimchalik noqonuniy yer egalariga qimmatga tushadi

Saminjon HUSANOV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda yer maydonlaridan foydalanish, ulardagi binolarni barpo etish, chegaralarini belgilash borasida maʼlum tartiblar ishlab chiqilgan boʻlsa-da, joylarda bu qoidalarga rioya etmaydiganlar hanuz uchrab turibdi. Buloqboshi tumanidagi 'Nur zamin' MFYda yashovchi Abdumannob Sodiqov oʻzi istiqomat qilayotgan hovliga yondosh hududda boʻlgan, tuman hokimligi zaxirasidagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan va bino qurgan. Shu tumanning 'Qum

09 Oct 12:39
 
5
0
xs.uz

Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanida kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi. Bu haqda'Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 8-oktyabr kuni soat 09:48 da yuz bergan. FVBga Guliston mahallasi hududidan oqib o'tuvchi Zang kanaliga shu atrofda yashovchi fuqaroning VAZ-2106 avtomashinasi tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va'asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqarib olgan. Avto

19 Aug 07:03
 
19
0
xs.uz

Bugun Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja issiq bo'ladi.Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgaruvchan bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja issiq bo'ladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biro