calendar 20 Jan 16:36
eye 77
comments 0
comments Manba: xs.uz

Har gal bunday anjumanda bobom haqida bir yangilik eshitaman — Shohruh Behbudiy

image
Dastlab taniqli yozuvchilar, olimlar, professor-oʻqituvchilar, Behbudiyning nevara-evaralari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida maʼrifatparvar olimning haykali poyiga gullar qoʻyildi.



Sanaga bagʻishlangan tadbir viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazida 'Mahmudxoʻja Behbudiy ' buyuk maʼrifatparvar siymo' mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy kecha bilan davom etdi.

' 25 yildan beri 19-yanvar kuni ushbu pedagogik markazda bobomni xotirlab tadbir tashkil etish anʼanaga aylandi, ' deydi Shohruh Behbudiy. ' Har gal bunday anjumanda bobom haqida bir yangilik eshitaman. Bugun ham ishtirokchilarning maʼruzalarini tinglab, koʻnglim togʻdek koʻtarildi. Ayniqsa, professor M. Tursunovaning soʻzlari, yaʼni bobomning nafaqat Samarqand shahri, balki viloyatning turli hududlaridagi maktablar faoliyatini rivojlantirishda qoʻshgan hissasi, xususan, Jomboy tumanidagi 28-maktabning tashkil etilishida bosh-qosh boʻlganligi haqidagi maʼlumotlar meni toʻlqinlantirdi.

Tadbir doirasida pedagogika markazi tinglovchilari oʻrtasida Behbudiyning tanlangan asarlar toʻplamiga bagʻishlab oʻtkazilgan 'Bir haftada bir kitob' nomli tanlov gʻoliblarini taqdirlash marosimi ham oʻtkazildi.



Markaz tinglovchilari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va teatrlashtirilgan tomoshalar tadbirga fayz kiritdi. Shuningdek, ishtirokchilarning Behbudiy uy-muzeyiga sayohati ham uyushtirildi.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
22
0
xs.uz

“Oʻzenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi

Hujjatga koʻra, elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasini ('Oʻzenergoinspeksiya') Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkaziladi. U yoqilgʻi-energetika tarmogʻida davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.Inspeksiyaga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklandi:'Oʻzenergoinspeksiya'ning markaziy apparati tuzilmasida 30 ta shtat birligidan iborat boʻlgan Energiya samaradorligini

09 Oct 12:39
 
4
0
xs.uz

Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi tayinlandi

Alisher Toʻxtayev Oʻzbekistonning Pokistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 2021-2024-yillarda ishlagan Oybek Usmonovning oʻrnini egalladi.Toʻxtayev tayinlovdan oldin Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirining maslahatchisi boʻlib ishlagan.Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, Tashqi ishlar vazirligi, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident Administratsiyasida masʼuliyatli lavozi

19 Aug 07:03
 
20
0
xs.uz

Organizmning barqaror ishlashi qaysi gormonlarga bogʼliq?

Xoʼsh, organizmda qaysi gormon, qanday vazifa bajaradi? Ular faoliyatiga qaysi omillar salbiy taʼsir etishi mumkin?'Ushbu savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokori, tibbiyot fanlari nomzodi Nozimaxon Nazarova javob berdi.'Inson tanasi murakkab boʼlib, uning barqaror ishlashi koʼp jihatdan gormonlar muvozanatiga bogʼliq. Ular biologik faol moddalar boʼlib, asosan, ichki sekretsiya bezlarida hosil boʼladi va organizm funktsiyalarini ta

19 Aug 07:03
 
31
0
xs.uz

Mamlakatimizda bola huquqlari himoyasi yanada mustahkamlanishi ta’minlanmoqda

Senatning 55-yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlari himoyasini yanada mustahkamlashga qaratilgan qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi. ' Muhokama jarayonida ta'kidlanganidek, keyingi yillarda voyaga yetmagan bolalarni qonunga xilof diniy ta'lim olishga aynan ota-onalarning o'zi olib borishi holatlari ko'payib bormoqda.Huquq-tartibot organlari tomonidan olib borilgan o'rganishlar natijasiga ko'ra 2021-2023 yill