calendar 20 Jan 14:21
eye 64
comments 0
comments Manba: postda.uz

Yoshlik shijoati

image

Mohlaroyim eng birinchi medalini olgan kunni hech yodidan chiqarmaydi. 2011-yilda karate bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida o‘z vazn toifasida bronza medalni qo‘lga kiritgandi. So‘ngra Malayziyada Osiyo chempionatida g‘olib bo‘ldi, Minskda o‘tkazilgan MDH mamlakatlari sport o‘yinlarida ikkinchi o‘rinni egalladi, Toshkentda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltin medal sohibiga aylandi, Qirg‘izistonda oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston chempionatida birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. 

Mohlaroyim Hakimjonova Andijon davlat universitetini bitirgan. U ta’lim muassasasini tamomlagach, Andijon shahridagi 15-maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishladi.

Bugun u Andijon shahar IIOFMB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha bo‘linma inspektor-psixologi lavozimida faoliyat olib bormoqda.

– Albatta, xizmatni mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish oson emas, – deydi inspektor-psixolog, katta serjant Mohlaroyim Hakimjonova. – Lekin jismonan sog‘lom va shay holatda bo‘lish uchun sport bilan shug‘ullanishga vaqt topaman. Chunki 2024-yil yanvar oyida Gretsiyada xalqaro turnir bo‘lib o‘tadi va men avvalgi yutuqlarim sharafini himoya qilish uchun unda ishtirok etishim kerak.

Hakimjonovlar oilasida to‘rt nafar qiz farzand voyaga yetdi, Mohlar­oyim – to‘ng‘ichi. Mohinur viloyat markazidagi maktablardan birida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydi, Mubina kasb-hunar kollejida tahsil olmoqda, Hojixon esa Andijon shahridagi 1-maktabning 6-sinf o‘quvchisi. Singillari Mohlaroyim bilan faxrlanib, undan o‘rganishga harakat qilishadi.


Boris KLEYMAN,

o‘z muxbirimiz.

Andijon viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jul 17:50
 
77
0
qalampir.uz

Yangilangan FIFA reytingida O‘zbekiston bir pog‘ona yuqoriladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingida 61-o‘rinni egalladi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar berdi. Srechko Katanets shogirdlari reytingdagi o‘rnini o‘tgan oydagidan bir pog‘ona yaxshiladi. “Oq bo‘rilar” iyun oyida 2 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta g‘alaba va durang qayd etdi. Reytingda hamon Argentina terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni esa Fransiya terma jamoasi band etgan. Kuc

18 Jul 18:51
 
91
0
qalampir.uz

Nostandart harakatlar Madrimovni yanada kuchliroq qiladi – Krouford

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) kamari sohibi, o‘zbekistonlik Isroil Madrimov o‘zining nostandart harakatlari bilan kuchli hisoblanadi. Bu haqda Madrimovning bo‘lajak raqibi Terens Krouford “Daily Mail”ga bergan intervyusida aytdi. “Harakatchanlik, kuch, gabaritlar va nostandart harakatlar uni yanada xavfli qiladi. Bularning barchasi Madrimovga mening avvalgi raqiblarimdan boshqacha bo‘lishga imkon beradi. Men uchun barchasi oddiy kechadi deb, o‘ylayman&rdq

26 Jul 10:19
 
41
0
qalampir.uz

XXI asrning eng yaxshi MMA jangchilari e’lon qilindi

Amerikalik jangchi Jon Jons XXI asrning aralash yakkakurashlari bo‘yicha eng yaxshi 10 nafar jangchilar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Bu haqda ESPN xabar berdi. Bu borada kuchli uchlikka kanadalik Jorj Sent-Per va braziliyalik Anderson Silva  kiritilgan. Rossiyalik jangchilar Habib Nurmuhammedov va Fyodor Yemelyanenko 5 va 6-o‘rinlarda qayd etilgan. XXI asrning eng yaxshi 10 nafar MMA jangchisi: 1. Jon Jons (27-1-0-1); 2. Jorj Sent-Per (26-2); 3. Anderson Silva (34-11-

20 Jul 10:37
 
86
0
qalampir.uz

Ispaniya terma jamoasi sardori “Milan”ga ko‘chib o‘tdi

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata Italiyaning “Milan” klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Ma’lum bo‘lishicha, 31 yoshli forvardning “Milan” bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Alvaro Morata “Milan” safida 7-raqamda to‘p tepadi. Faoliyati davomida Morata “Real”, “Yuventus”, “Chelsi” va “Atletiko”