calendar 20 Jan 10:27
eye 73
comments 0
comments Manba: postda.uz

TO‘NG‘ICH O‘G‘ILNING BAXTI

image

Qahramonimiz Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida tug‘ilgan. Otasi Qulsaxat aka va onasi Sayyora opa Zavqiddinni to‘ng‘ich o‘g‘illigi tufayli ukalariga g‘amxo‘r, oilada esa yordamchi qilib tarbiyaladilar. Bir kuni u onasiga ro‘zg‘or yumushlarida qo‘maklashayotganida, qo‘shnilarining uyidan quyuq tutun chiqayotganini ko‘rib qoldi. Zavqiddin yugurib ko‘chaga chiqsa, qo‘shni ayol – Zilola opa uyi yonayotganligi, ichkarida to‘rt yoshli o‘g‘li Mansurbek qolganligini aytib, yordam so‘rab har tomonga chopar edi. Zavqiddin zudlik bilan uy ichiga kirib, qichqirib yig‘layotgan Man­surbekni tashqariga olib chiqdi. Shu orada o‘t o‘chiruvchilar yetib kelib, yong‘inni bartaraf etishdi. 

Ushbu voqeadan so‘ng Zilola opa uni qachon ko‘rib qolsa: «Bolam­ning joniga oro kirgan bolam», – deb alqardi. Onasi esa har tongda peshonasidan o‘pib: «Ilohim, elning koriga yaraydigan inson bo‘l!» – deb duo qilardi. Zavqiddin bolaligidan harbiylarga havas bilan qarardi. Sport bilan shug‘ullanishni ham yaxshi ko‘rardi. Hatto o‘smirlar o‘rtasida sportning shotokan karate-do turi bo‘yicha respublikada faxrli 3-o‘rinni egallagandi. 

U 2006-yilda yigitlik burchini o‘tab bo‘lgach, IIV Xalqaro aeroportlarni qo‘riqlash bo‘yicha qo‘shinlari safiga shartnoma asosida xizmatga qabul qilindi. Onasi duo qilganidek, el koriga yarash baxtiga sazovor bo‘ldi. Shunga ham mana, 18 yil bo‘lyapti.  

Hozirda yoshlarga hamda xizmatga yangi qabul qilinganlarga harbiy va jangovar mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ularni sozlash, kezi kelganda mohirlik bilan boshqarish sirlarini o‘rgatib kelmoqda. Fidoyiligi, kasb mahorati, xizmatda erishgan yutuqlari uchun Ichki ishlar vazirining qimmatbaho sovg‘alari, «Qo‘shin a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Doniyorbek TURG‘UNOV, 

II darajali serjant.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Jul 15:12
 
69
0
xs.uz

Soliqlarning ixtiyoriy toʻlanish darajasi maʼlum boʻldi

2024-yil II chorakda Respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishi 96%ni tashkil etdi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali maʼlum qildi.Qayd etilishicha, eng yaxshi koʻrsatkich yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSIda qayd etilib, bu 98 foizdan koʻproqni tashkil etdi.Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida esa 96 foiz soliq toʻlovchila

11 Jul 15:13
 
114
0
xs.uz

Toshkentdagi barcha mozaikali turar-joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi

Toshkent shahridagi turar joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama bannerlaridan tozalandi. Bu haqda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi hamda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Unga koʻra, Oʻzbekiston Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi, Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniy meros agentligi hamkorligida Toshkent shahridagi turar-joy binolarida tasvirlangan barcha mozaikalar reklama qurilmalaridan ozod

26 Aug 12:29
 
27
0
xs.uz

Oʻzbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilganmi?

Oʻzbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilganmi? Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori Akmal Nazarov bu haqda maʼlumot berdi.Uning bildirishicha, qoidaga koʻra, bank va fuqaro oʻrtasidagi munosabatlarning barchasi fuqarolik huquqiy shartnoma hisoblangan kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bank bilan fuqaro oʻrtasidagi shartnomada fuqaroning xorijiy davlatga chiqishiga cheklov oʻrnatadigan

11 Jul 15:12
 
94
0
xs.uz

Soliqlarning ixtiyoriy toʻlanish darajasi maʼlum boʻldi

2024-yil II chorakda Respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajarilishi 96%ni tashkil etdi. Bu haqda 'Fiskal tahlillar' portali maʼlum qildi.Qayd etilishicha, eng yaxshi koʻrsatkich yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha HSIda qayd etilib, bu 98 foizdan koʻproqni tashkil etdi.Shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida esa 96 foiz soliq toʻlovchila