calendar 19 Jan 14:45
eye 81
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Husiylar Arab dengizida AQSH kemasiga qarata ballistik raketa uchirdi

image

Arab dengizidagi Adan ko‘rfazida husiylar Amerika kompaniyasiga qarashli Chem Ranger tankeriga ikkita ballistik raketa uchirdi. Bu haqda bugun, 19 yanvar kuni erta tongda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) ma’lum qildi. 

"Ekipaj raketalarning kema yonidagi suvga urilganini ko‘rdi. Jarohatlanganlar va kemaga zarar yetgani haqida xabar yo‘q. Kema harakatda davom etdi", deyiladi CENTCOM bayonotida. 

Qayd etilishicha, voqea 18 yanvar kuni kechqurun sodir bo‘lgan. Chem Ranger tankeri Marshall orollari bayrog‘i ostida suzgan va uni yunon kompaniyasi boshqargan.

Ma’lumot uchun, AQSH Markaziy qo‘mondonligi 17 yanvar kuni "navigatsiya erkinligini himoya qilish va Qizil dengizdagi AQSH va hamkor kemalarga hujumlarning oldini olish bo‘yicha davom etayotgan ko‘p millatli sa’y-harakatlar" kontekstida Yamanda husiylar nazorat qilinadigan hududda joylashgan 14 ta raketani yo‘q qilganini e’lon qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH husiylar harakatini terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgandi. Bunga husiylarning Qizil dengizdagi kemalarga hujumlari sabab bo‘layotgani aytilgandi. Husiylar esa AQSHning Yaman hududidagi ularning ob’ektlariga qaramay Isroilga aloqador kemalarga hujum qilishda davom etishini e’lon qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
46
0
qalampir.uz

Tayvan Xitoy shimolidagi raketa sinovlarini kuzatib bormoqda

Xitoyning shimoliy Ichki Mo‘g‘uliston hududida raketa sinovi o‘tkazilmoqda. Uning “to‘lqinlari”ni Tayvan kuzatib bormoqda. Bu haqda oroldagi mudofaa idorasi xabar berdi. “Tayvan Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari shay holatda ekanligini ma’lum qildi”, deb xabar qildi “Reuters”. Vazirlik Tayvandan taxminan 2000 km uzoqlikda joylashgan Ichki Mo‘g‘ulistonda Xitoy raketa kuchlari tomonidan ertalab soat 4:00 dan beri “bi

17 Jul 09:16
 
96
0
qalampir.uz

Makron Attalning iste’fosini qabul qildi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Gabriel Attalning Bosh vazir lavozimidan iste’fosini qabul qildi. Bu haqda Yelisey saroyi o‘z kommyunikesida ma’lum qildi. Shu bilan birga, davlat rahbari amaldagi hukumatga “yangi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilgunga qadar joriy masalalar ko‘rib chiqilishini ta’minlash”ni topshirdi. Attal “Renessans” partiyasining parlamentdagi fraksiyasi rahbari etib saylangani sababli iste’foga chiqdi. Shu tariqa, Attal va pre

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi. Boshqalar-chi?

146 ta davlat ichida oʻtkazilgan jinoyatchilik va xavfsizlik indekslari asosida tuzilgan roʻyxatda Oʻzbekiston 120-oʻrinni egallagan. Jinoyat indeksida 29 ball, xavfsizlik indeksida 71 ball bilan Oʻzbekiston xavfsizlik boʻyicha mintaqaviy yetakchi sifatida qayd etildi.Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari, xususan, Qozogʻiston jinoyat indeksi boʻyicha 45.6 va xavfsizlik boʻyicha 54.4 ball, Qirgʻiziston esa mos ravishda 54.1 va 45.9 ball toʻplagan. Turkmaniston va Tojikiston esa ushbu r

26 Jul 12:42
 
84
0
qalampir.uz

Tojikistonda go‘sht narxi qimmatladi

Tojikiston aholisining mol va qo‘y go‘shtiga ehtiyoji go‘sht narxining yuqorilashiga sabab bo‘ldi. Bu haqda respublika qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Nigora Anvariy ma’lum qildi. Qayd etilishicha, vazir o‘rinbosari shu xususida matbuot anjumani o‘tkazib, go‘sht narxi mamlakatda qimmatlagani sababini tushuntirgan. “Hozir biz aholini 99,9 foiz go‘sht bilan ta’minlayapmiz, lekin uning narxi tushmayotganining sababi bozor talabining oshishi va xorijdan ozu