calendar 19 Jan 09:50
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tillaga teng mahsulot: Rossiya Qozog‘istondan ham tuxum so‘radi

image

Rossiya Qozog‘istondan o‘z chakana savdo tarmoqlari uchun ko‘proq tovuq tuxumi yetkazib berishini iltimos qildi. Bu haqda kecha, 17 yanvar kuni Qozog‘iston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston va Rossiya Bosh vazir o‘rinbosarlari Serik Jumangarin va Aleksey Overchuk o‘zaro savdoning dolzarb masalalarini muhokama qilgan.

“Rossiya tomoni Qozog‘istondan ko‘proq tovuq tuxumi yetkazib berishini so‘rab, murojaat qildi. Serik Jumangarin Qishloq xo‘jaligi vazirligiga bu masalani imkon qadar tezroq ko‘rib chiqish va Qozog‘iston mahsulotlarini Rossiyaning chegaradosh viloyatlariga yetkazib berishni oshirish bo‘yicha topshiriq berdi”, deyiladi hukumat xabarida.

Shuningdek, Hukumat Qozog‘istondagi parrandachilik fermalarini tuxum bilan ta’minlash darajasi 2022 yilda aholi ehtiyojining 102 foizini tashkil etganiga ishontirdi. 2023 yilning 11 oyi davomida esa Qozog‘iston Rossiya, Afg‘oniston va Qirg‘izistonga 186,6 million dona tovuq tuxumini eksport qilgan.Qayd etish joizki, o‘tgan oyda tuxum va uning narxi Rossiya OAV uchun asosiy mavzu bo‘lgandi. Dastlab, dekabr oyi o‘rtalarida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tovuq tuxumi narxining jiddiy oshgani sababli rossiyaliklardan uzr so‘ragan va mavjud vaziyatni hukumat ishidagi muvaffaqiyatsizlik, deb atagan edi. Prezident vaziyat tez orada yumshatilishiga va’da ham bergan.

Shuningdek, Putin Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev bilan tovuq tuxumi narxining oshishi masalasini muhokama qilgani haqida gapirgan. 

“Yaqinda men Qishloq xo‘jaligi vaziri bilan gaplashdim. Undan tuxum yetkazib berishdagi kamchiliklar haqida so‘radim. Vazir hammasi yaxshi ekanini aytdi. Men unga oddiy odamlarda bu borada hammasi yaxshi emasligini aytdim. Tovuq tuxumi narxining o‘sishi 40 foizni tashkil etadi, tovuq go‘shti esa bundan ham qimmatlagan. Nima bo‘lganini bilasizmi? Biz daromadning biroz o‘sishini boshdan kechirmoqdamiz. Talab oshdi. Bu nisbatan arzon protein bo‘lib, fuqarolar orasida ommalashgan. O‘zim ham pishgan tuxumni yaxshi ko‘raman. Bir vaqtlar men ertalab birdaniga o‘nta tuxumni paqqos tushirardim”, degan Putin 2023 yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazgan matbuot anjumanida.

Keyinchalik, 25 dekabr kuni Sank-Peterburgda bo‘lib o‘tgan YeOII sammitida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko mamlakatining mahsulot ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyati haqida “maqtanganidan” keyin Putin undan Rossiyaga tuxum yetkazib berishini so‘ragandi. 

Lukashenko sammitda so‘zga chiqib, Belarus o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlayotganidan so‘z ochgan. U respublika qaysi tovarlarga bo‘lgan ichki talabni mustaqil ravishda qoplashini sanay boshlagan. Don, go‘sht, sut va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari haqida gapirganidan so‘ng, Lukashenko to‘xtab qolib, Putinga qaragan va “tovuq tuxumi”ni tilga olib, kulgan.

“Bizgayam tuxumdan qarashing, faqat o‘zlaringiz yeyavermasdan”, deya javob qilgan Putin bunga javoban.

29 dekabrda esa Lukashenko Minskdagi Vitebsk broyler parrandachilik fermasining do‘koniga borganida, xodimlarga:

“Tovuqlarning tuxum berishi qanday?" deb so‘raydi. 

Ijobiy javob olgach, u tuxumlardan bir qismini Putinga jo‘natish kerakligini aytadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning so‘nggi ikki oyida Rossiyada tuxum narxining 30 foizdan ziyodga oshishi Rossiya hukumatini tashvishga solib qo‘ydi. Mamlakatda tuxumni bojsiz olib kirishga izn berildi, Rossiya Bosh prokuraturasi esa ishlab chiqaruvchilarni tekshirishni boshlab yubordi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
72
0
xs.uz

Tramp Gʻazo bilan bogʻliq muammolarni hal qilishga vaʼda berdi

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSH) Gʻazo sektoridagi vaziyatni kuzatib boradi va Falastin anklavidagi muammolarni hal qilish niyatida. Bu haqda AQSH yetakchisi Donald Tramp Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi chogʻida maʼlum qilgan.'Biz [Gʻazo sektori] va aholisi muammolari bilan shugʻullanamiz', ' dedi Oq uy rahbari.Uning soʻzlariga koʻra, hozir Falastin anklavida koʻp yomon narsalar sodir boʻlmoqda. Mahalliy aholi ochlikdan aziyat chekmoqda.Shu yilning 14-may kuni 'Maan' axborot age

17 May 21:47
 
51
0
xs.uz

Turkiyada yana kuchli zilzila qayd etildi

Turkiyaning Konya shahrida zilzila yuz berdi. Bu haqda Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi saytida xabar berildi.Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 15:46 da qayd etilgan. Uning magnitudasi 5,2 ballni tashkil etdi. Qoʻshimcha tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.Shu yilning 14-may kuni yerosti silkinishlari birdaniga uch davlat ' Livan, Suriya va Misr poytaxtlarida qayd etilgan edi. Xabarlarga koʻra, Bayrutda ikki bor, Damashqda bir necha bor

17 May 21:47
 
58
0
xs.uz

Putin Istanbulga kelmaydi. Muzokaralar haqida nima maʼlum?

Bugun, 15-may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasida 2022-yildan buyon ilk marta toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.Kreml Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etishini rad etdi. Rossiya prezidenti tomonidan tasdiqlangan delegatsiyaga uning yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchilik qiladi.Muzokaralar Turkiya iltimosiga koʻra kunning ikkinchi yarmiga qoldirilgan. Avvaliga Vladimir Zelenskiy Anqarada Rejep T

17 May 21:47
 
65
0
xs.uz

Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv 'toʻgʻri format emas'. Rossiya prezident