calendar 18 Jan 21:25
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Kiyevga qurol yetkazib berish uchun “artilleriya koalitsiyasi” tuzildi

image

Fransiya va Ukraina Kiyevga qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar yetkazib berish uchun “artilleriya koalitsiyasi” tuzilganini e’lon qildi. Bu haqda Fransiya Qurolli kuchlari vazirligi saytida e’lon qilingan kommyunikeda aytildi.

“Qurolli kuchlar vaziri Sebastyan Lekornyu ukrainalik mavqedoshi Rustam Umarov bilan birgalikda ”Ukraina uchun artilleriya“ koalitsiyasini ishga tushirdi. Uning maqsadi ham qisqa, ham uzoq muddatda Kiyevni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishdir”, deyiladi bayonotda.

Vazirlikning bildirishicha, Fransiya Ukrainaga jo‘natish uchun Caesar o‘ziyurar artilleriya tizimlarini ishlab chiqarishni oshirmoqchi. 

“Nexter kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatini oshirishi 2024 yilda Ukraina uchun 72 dona Caesar o‘ziyurar qurollarini ishlab chiqarish imkonini beradi. Artilleriya koalitsiyasi doirasidagi o‘zaro hamkorlik barcha manfaatdor davlatlar ishtirokida gaubitsalarni yetkazib berishni moliyalashtirish imkonini beradi”, deyiladi bayonotda. 

Lekornyuning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya 72 dona Caesar o‘ziyurar qurolidan 12 tasi uchun pul to‘lashga tayyor.

Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov bugungi konferensiyada qatnashishi kerak edi, biroq uning Parijga tashrifi “xavfsizlik sababli” bekor qilingan. Umarov yig‘ilishda video havola orqali ishtirok etgan. U Ukraina Qurolli kuchlari o‘q-dori tanqisligiga duch kelayotganini aytgan. 

“O‘q-dorilar yetishmasligi va snaryadlarga ochlik – bizning qurolli kuchlarimiz uchun juda dolzarb masala”, degan Umarov. 

Vazir G‘arb hamkorlaridan Kiyevga ushbu muammoni hal qilishda yordam berishni so‘rab, artilleriya salohiyatini kuchaytirishni Ukraina Qurolli kuchlarining asosiy ehtiyojlaridan biri deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sebastyan Lekornyu Fransiya Ukrainaga 2024 yil davomida har oy Sovet samolyotlari uchun moslashtirilgan 50 ta AASM bombasini yetkazib bermoqchiligini aytgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jan 00:54
 
25
0
xs.uz

Bir poyezdan sakrab tushgan 12 kishini boshqa poyezd urib ketdi

Hindiston gʻarbidagi Maxarashtra shtatida poyezddan tushib qolmoqchi boʻlgan 12 kishini qoʻshni yoʻlda harakatlanayotgan boshqa bir poyezd bosib ketdi. Bu haqda CNN nashri'xabar bergan.Aniqlanishicha, yoʻlovchilarga poyezdda yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan va oʻnlab odamlar yongʻindan qochmoqchi boʻlib oʻz vagonlaridan sakrashgan. Natijada, qoʻshni yoʻlda harakatlanib kelayotgan boshqa bir poyezdning urib ketishi oqibatida 12 nafar yoʻlovchi halok boʻldi.'Dastlabk

27 Jan 00:54
 
47
0
xs.uz

Harbiy texnologiyalari eng kuchli mamlakatlar reytingi eʼlon qilindi

Janubiy Koreyaning mudofaa texnologiyalarini targʻib qilish instituti 2024-yil uchun mamlakatlarning mudofaa fanlari va texnologiyalari darajasi boʻyicha tadqiqotni taqdim etdi.Unga koʻra, jahonda harbiy texnologiyalari eng taraqqiy etgan davlat AQSH boʻlgan. Ikkinchi oʻrinda Fransiya va Rossiya turibdi. Ularning harbiy innovatsiyalar darajasi Qoʻshma Shtatlar bilan solishtirganda 89 foizni tashkil etadi. AQSH harbiy sohada rivojlanish boʻyicha soʻnggi olti yilda Germaniya (3-oʻrin), Bu

31 Jan 15:22
 
26
0
xs.uz

“Mercedes-Benz”, “BMW”, “Volkswagen” yoki “Toyota”… Qaysi kompaniya 5-yildan beri eng koʻp avtomobil sotgan brend boʻlib turibdi?

'Toyota' avtomobillari savdosining pasayishi asosan Yaponiyada kuzatilgan. Bu yerda kompaniya sertifikatlash testlari bilan bogʻliq muammolar sababli jiddiy qiyinchiliklarga duch kelgan, ayniqsa 'Daihatsu' brendida. Yapon avtomobil gigantining eng yaqin raqibi boʻlgan 'Volkswagen Group' 2024-yilda 9 million dona avtomobil sotganini maʼlum qildi. Nemis ishlab chiqaruvchisi ham 2023-yilga nisbatan 2,3% pasayishni qayd etgan, bu esa asosan Xitoy bozoridagi 'narxlar urushi' va Germaniyada xarajat

31 Jan 15:22
 
31
0
xs.uz

Germaniya va Fransiya Daniyani qoʻllab-quvvatlaydi

Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen AQSH prezidenti Donald Trampning Grenlandiya ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olish haqidagi tahdidlariga qarshi turishda yordam soʻrab, boshqa Yevropa davlatlaridan buni olganini aytdi.Aytish kerakki, Tramp Daniyaning avtonom hududi Grenlandiyani AQSH milliy xavfsizligi uchun muhim ekanini aytib kelar ekan, hududni egallash uchun harbiy kuch ishlatishni istisno qilishdan bosh tortgan.Daniya Bosh vaziri Mette Frederiksen seshanba kuni Yevropaning uchta poytax