' Marganes metallurgiya sanoati uchun muhim xomashyo hisoblanib, u rangli metallurgiya sanoatida, korroziyaga qarshi ishlatiladigan qoplamalar tayyorlashda keng qoʻllaniladi, ' deydi 'Alpha mining group-asia' MCHJning kon boshligʻi Ikrom Muxtorov. ' Kerakli miqdorda marganes aralashmasi qoʻshilgan poʻlat qotishmalar oʻzining mustahkamligi bilan ajralib turadi. Demakki, bu mahsulotga ichki bozorda ham, tashqi bozorda ham talab yuqori. Bu loyiha ana shunisi bilan muhim va istiqbolli hisoblanadi.
Korxona kondan marganes qazib olib, uni shartnoma asosida metallurgiya korxonalariga yetkazib berishni allaqachon boshlagan. Ayni vaqtda esa qazib olingan rudani shu yerning oʻzida qayta ishlab, tayyor xomashyo tarziga keltiradigan korxonani qurish jarayonlari ketmoqda. U joriy yilda ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.
Taʼkidlash joizki, Chiroqchi tumanining Beshbuloq mahallasidagi marganes konidan 40-50-yil avval ham ruda qazib olingan. Biroq keyinchalik bu jarayon toʻxtab qolgan edi. Konning yana qayta ishga tushirilishi esa hudud aholisining quvonchiga sabab boʻldi. Chunki kondan ruda qazib olish ishlarining boshlanishi bilan hududdagi 100 nafar kishi doimiy ish joyiga ega boʻlgan boʻlsa, qayta ishlash korxonasi ishga tushirilgach, yana 120 ta ishchi kuchiga ehtiyoj paydo boʻladi.
Jahongir BOYMURODOV, 'Xalq soʻzi'.
Oʻzbekistonda daryo oʻzanlaridan qum-shagʻal qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi
Joriy yilning 12-sentyabr kuni 'Noruda materiallarni qazib olishga moratoriy joriy etilgan suv havzalari hududlarining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida'gi Hukumat Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali'xabar berdi.Qarorga koʻra, Chirchiq, Sirdaryo, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari oʻzanlaridagi noruda materiallari qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladigan hududlar chegaralari tasdiqlandi. Bunda moratoriy tatbiq etiladigan daryolar h
Prezident bir guruh oʻqituvchi va murabbiylarni mukofotladi
Prezident 'Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida'gi farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.'Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi' faxriy unvoni bilanAbduraxmanova Ozoda Dexkanboyevna - Quyi Chirchiq tumanidagi 25-umumiy oʻrta taʼlim maktabining biologiya fani oʻqituvchisi, Toshkent viloyatiAkramov Nabijon Kurbonovich - Marhamat tumanidagi 3-ixti
Buxorodan Qoʻqonga borishga endi bir soatu 20 daqiqa kifoya
Istam IBROHIMOV/'Xalq soʻzi'. Endilikda buxoroliklar va koʻhna shaharga tashrif buyurgan xorijiy mehmonlarning Fargʻona vodiysiga, aniqrogʻi, qadimiy Qoʻqon shahriga borishlari uchun 1 soatu 20 daqiqa kifoya qiladi. 'Silk Avia' aviakompaniyasi 'Qoʻqon ' Buxoro ' Qoʻqon' yoʻnalishida dastlabki parvozni amalga oshirdi.'Buxoro' xalqaro aeroportida zamonaviy havo kemasida uchib kelgan vodiylik mehmonlar tantanali kutib olindi. Ular kun davomida qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini t
Tadbirkorga 500 ming dollarlik shartnoma tuzib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi
Ma'lum qilinishicha, departamentning Shayxontohur tumani bo'limi, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub'yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o'tkazilgan.Tadbirda 'S.S.' MChJ rahbari, muqaddam sudlangan N.Sh. tadbirkor U.I.ga tanishlari yordamida 'L.Y.' korxonasi bilan 500 ming dollarlik qurilish ishlarini bajarish yuzasidan shartnoma tuzib, buyurtma olib berishi evaziga shartnoma qiymatining 10 foizi miqdorida pul berishi kerakligini aytib, 50 ming dollar olga