calendar 17 Jan 12:10
eye 82
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

“Eski hammom, eski tos”. Ortiqxo‘jayevdan keyin Toshkent “gullamadi”mi?

image

Bugun Toshkentning mashhur sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishdan ketganiga roppa-rosa bir yil to‘ldi. U o‘tgan yilning 16 yanvar kuni qishga munosib tayyorgarlik ko‘rmagani, ya’ni energetikadagi kamchiliklar, ruxsatsiz qurilgan ob’ektlar sababli Prezidentdan dakki eshitib, lavozimidan olingandi. Shundan so‘ng, Shavkat Umirzoqov Toshkentning yangi hokimi bo‘ldi. Xo‘sh, oradan bir yil o‘tib, yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etildimi? Yangi hokim tizimlarni yangiladimi? Odamlar undan rozimi? Umuman, Toshkent aholisi o‘z hokimini taniydimi? QALAMPIR.UZ shu kabi savollar bilan odamlarga yuzlandi.

Suhbat asnosida respondentlarning katta qismi qismi Jahongir Ortiqxo‘jayevni yaxshi tanishini aytdi. Ammo hozirgi hokim Shavkat Umirzoqovni taniydiganlar topilmadi. So‘nggi bir yildagi o‘zgarishlar haqidagi savolga esa so‘rovnoma ishtirokchilarining ko‘pi “gaz ta’minotida aytarli o‘zgarish sezmagani”ni bildirdi. 

“Men Toshkentda yashaydigan odam sifatida Ortiqxo‘jayev ketganidan keyin biror o‘zgarish sezmadim. Anomal sovuq bo‘lmasa ham, uylarimiz haliyam isib ketgani yo‘q, ”atapleniya“larimiz yaxshi ishlamaydi”, deydi aholi vakillaridan biri.

Yana bir suhbatdoshimiz esa elektr energiyasi ta’minotidagi kamchiliklar haliyam bartaraf etilmaganini urg‘uladi. 

“Men Bektemir tumanidan turaman. Bizda ko‘p ”svet“ o‘chadi. Hatto, 3 kunlab ham elektr bo‘lmagan paytlar bo‘lyapti”, deydi u. 

Toshkentga o‘qish uchun kelgan talaba esa energetika tizimidagi uzilishlar nafaqat xonadonlarda, balki yotoqxonasida ham borligini aytib o‘tdi.

“Men talabaman. Yotoqxonamizda ham ”svet“ muammosi bor. O‘chib qolaveradi, isitish tizimi ham yaxshi emas”, deydi u.

Ishtirokchilardan yana biri esa, gaz bilan bog‘liq muammoga O‘zbekistonning gaz zaxirasi tugab borayotganini sabab qilib keltirdi.“Bizda gaz tugagan, bilasiz. O‘zbekistonda gaz zaxirasi yo‘q. Ayni paytda gazni Rossiyadan Qozog‘iston orqali olib, tirikchilik qilyapmiz, shekilli. Bu yog‘iga endi Xudodan!" deydi u.

Bir nechta respondentlar esa muammolarning yillar o‘tsa ham yechilmayotgani uchun “tepadagilar”ni aybladi. 

“Men 2 million atrofida pensiya olaman. Agar bu har oyda 5-10 foizga oshirilganida (bizda shunday tartib bor) hozir 40-50 million pensiya olishim kerak edi. Lekin hali ham 2 million so‘m olaman. Bu hokimiyatdagilarning aybi. Ular na konstitutsiyaga amal qiladi, na insoniylik mezonlariga. Bunaqa narsalar to‘g‘risida gapirib, odamlarning yuragini ezmaslik kerak! Gapirganga quloq soladiganning o‘zi yo‘q. Prezident ham harakat qilyapti. Ammo uning ham iloji yo‘q. Atrofini o‘rab turgan ”labbay“ deydiganlar shu darajada haddidan oshib ketgan. Aslida normal jamiyatda bunday bo‘lishi kerak emas. Kechirasiz-u, birov hojatxonaga boradigan bo‘lsa, shunga ham Prezident qaror chiqarishi kerak emas”, deydi aholi vakili umidsizlik bilan.

Shunga qaramay, Ortiqxo‘jayevdan so‘ng, ahvol "iziga tushdi", deb hisoblaydiganlar ham bor. Jumladan, qarshimizdan chiqqan respondent bunga o‘z tumanidagi holatni misol qilib keltirdi. “Men yashaydigan Olmazor tumanida elektr ta’minoti yaxshi, balki yaxshidan ham yaxshiroq. Ilgari ko‘p tok o‘char edi, lekin hozir bunday holat kamaydi”, deydi u.

Afsuski, yangi hokim davridagi o‘tgan bir yilda sezilarli o‘zgarish bo‘ldi, mana bu tizim isloh qilindi, mana bu qiyinchiliklarimiz bartaraf etildi, degan aniq javobni eshitmadik. Aholining katta qismi o‘z hokimini tanimasligi esa yana bir alohida mavzu. Bu odamlarning aybimi, yoki biror "karomat ko‘rsatib", o‘zini tanitmagan hokimning...bilmaymiz.

Xo‘sh, siz Toshkentda aholi farovonligi uchun amalga oshirilgan biror yangilikni his qildingizmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring. So‘nggi yangiliklarni esa QALAMPIR.UZ'da kuzatib boring!


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Feb 17:05
 
29
0
xs.uz

Harbiylarga toʻlanadigan kompensatsiya 20 foizga oshadi

Prezidentning 'Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida'gi qaroriga asosan harbiy xizmatchilarga bir qator imtiyozlar beriladi. Bu haqida 'Huquqiy axborot' kanalida'maʼlum qilindi.Unga koʻra, 2025-yil 1-martdan harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshiri

31 Jan 15:21
 
65
0
xs.uz

Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi

Prezidentning 2025-yil 25-yanvardagi qaroriga koʻra, Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi. Ushbu universitet xalqaro standartlarga mos oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish maqsadida faoliyat yuritadi. Universitetning tashkil etilishi taʼlim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.Universitetning asosiy yoʻnalishlari muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari, sogʻliq

26 Feb 17:05
 
29
0
xs.uz

Pokiston Bosh vazirini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

26-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifni rasmiy kutib olishga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, shohsupaga taklif etdi. Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o'tib, rasmiy delegatsiyalar a'zolarini bir-biriga ta

19 Feb 00:20
 
34
0
xs.uz

19-fevral kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi

Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladiQoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.Buxoro'va'Navoiy'viloyatlarida hav