calendar 15 Jan 15:41
eye 83
comments 0
comments Manba: xs.uz

Harbiylar Vatanning faxri, gʻururi!

image
Bayram munosabati bilan Fargʻona shahridagi 'Motamsaro ona' haykali poyiga gul qoʻyish marosimi va harbiy boʻlinmalar marshi oʻtkazildi. Tantanali tadbirda Fargʻona viloyati hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general mayor Oybek Saidov, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat xavfsizlik va mudofaa tizimi rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi.



Shu kuni bayram tadbiri Islom Karimov nomidagi viloyat Teatr-konsert saroyida davom etdi. Unda Fargʻona viloyati hokimi barcha harbiylar va ularning oila aʼzolarini bayram bilan samimiy qutladi.

Tantanada yurt tinchligi yoʻlida sidqidildan xizmat qilayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga viloyat hokimining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.



' Bayram arafasida boʻlib oʻtgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Prezidentimiz 'Bugungi kunda har birimiz amalda Vatan himoyachisi boʻlishimiz, yoshlarimizni ham shu ruhda kamol toptirishimiz zarur' deya alohida eʼtirof etgani bejiz emas, ' deydi polkovnik Jamshid Karimov. ' Boisi bugungi dolgʻali zamonda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning oʻrni va ahamiyati beqiyos. Aholi, ayniqsa, yoshlarni shunday ruhda tarbiyalashda harbiylar faollik va ibrat koʻrsatishi zarur. Bugungi eʼtibor va ragʻbat esa biz harbiylarni ezgu tashabbuslar ijobati yoʻlida yanada gʻayrat-shijoat bilan faoliyat olib borishga undaydi.

Tadbirga sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar yanada fayz baxsh etdi.

Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:47
 
115
0
xs.uz

Buxoroda 20 va 16 nafardan bolalarni tashigan “Damas” haydovchilariga chora koʻrildi

Maʼlum qilinishicha, Jondor tumanida YPX xodimlari tomonidan 'Damas' rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, transport vositasida jami 20 nafar, boshqa bir holatda esa 16 nafar voyaga yetmagan bolalar va fuqarolarni olib ketilayotgani aniqlangan.'Qilgan ishimdan pushaymonman. Bolalarning xavfsizligi hamma narsadan muhimroq', deydi haydovchilardan biri.Yuqoridagi har ikkala holatda ham haydovchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanilgan.Shuningdek, bu holatlarga

15 Jun 10:46
 
26
0
xs.uz

Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi

Bugun, 14-iyun kuni poytaxtimizdagi 'Xalqlar doʻstligi' sanʼat saroyida Toshkent davlat tibbiyot universitetining 'Bitiruvchi ' 2025' tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. 'Xalq soʻzi' muxbiri mazkur tadbirning eng esda qolarli lahzalarni kamera obyektiviga muhrladi.Ushbu voqelik mamlakatimizdagi tibbiyot sohasini yangi avlod shifokorlari bilan toʻldirishga bagʻishlanganligi bilan ham muhim ahamiyatga ega.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay

08 Jun 02:26
 
31
0
xs.uz

Togʻdan sel kelishi oqibatida “Qamchiq” dovonida yoʻlning bir qismi vaqtincha yopildi

'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 137-kilometrida yogʻingarchilik natijasida togʻdan kelgan sel oqibatida tosh va shagʻal aralashmalari yoʻlni qoplagan. Oqibatda dovon yoʻlining bir qismi vaqtincha yopilgan, deb xabar bermoqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.Qoʻshimcha qilinishicha, 'Qamchiq' dovoni hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining ushbu qismida ikki tomonlama harakat vaqtincha faqat 'Toshkent ' Vodiy' yoʻnalishida tashkil etilgan.'YPX xodiml

13 Jun 00:36
 
28
0
xs.uz

Nurafshon shahrida 1000 ta qush uyasi oʻrnatish aksiyasi boshlandi

Otabek ISROILOV/'Xalq soʻzi'. Nurafshon shahrida Butunjahon atrof-muhitni himoyalash kuni munosabati bilan ekologik aksiya boshlandi. Tadbir doirasida shahar boʻylab 1000 ta qush uyasi oʻrnatilishi rejalashtirilgan.' Maqsadimiz Nurafshon shahrida qushlar va insonlar uchun qulay ekologik muhit, barqaror ekotizim yaratishdir, ' dedi Nurafshon shahri hokimi Ilhom Qilichxonov.Ekomutaxassislar tomonidan amaliy koʻrsatmalar berildi. Shundan soʻng volontyor yoshlar, ekofaollar shahar boʻylab qush