calendar 15 Jan 09:50
eye 101
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Isroil Xalqaro sudda Misrni G‘azoga yordam yetkazishga to‘sqinlik qilishda aybladi

image

Isroil Gaagadagi Xalqaro sudning yig‘ilishida Misrni G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami kelishiga to‘sqinlik qilishda aybladi. Rasmiy Qohira o‘ziga qarshi ayblovlarini yolg‘on deb atadi. Bu borada davlat axborot xizmati rahbari Diya Rashvan bayonot berdi.

“Qohira Isroil tomonining Falastin anklavidagi aholiga gumanitar yordam yetkazilishidagi uzilishlar va to‘siqlar uchun Misr javobgar ekani haqidagi yolg‘on ayblovlarini qat’iyan rad etadi”, deydi Rashvan. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil sudda G‘azoda sodir etilgan jinoyatlarga oid hujjatli dalillar taqdim etilganda, qoralashdan qochish uchun bu ayblovlarni Misrga yuklagan.

Rashvanning tushuntirishicha, isroillik vazirlar avvalroq ochiqchasiga insonparvarlik yordamining hududga kirishiga yo‘l qo‘ymasliklarini bildirgan, chunki bu “Isroil G‘azoga qarshi olib borayotgan urushning bir qismi”, deb da’vo qilgan. 

"Misrning suvereniteti ko‘plab gumanitar yuklar yetkaziladigan Rafah o‘tish joyining faqat o‘z tarafiga tegishli, G‘azo tomonida esa Rafah o‘tish joyi ishg‘olchi Isroil hukumati boshqaruvi ostida", deyiladi bayonotda.

Rasmiyning ta’kidlashicha, Misr tomonidagi Rafah nazorat punkti "doimiy asosda ochiq", buni G‘azodagi vaziyat keskinlashganidan keyin Rafahga tashrif buyurgan o‘nlab delegatsiyalar va ko‘plab xalqaro tashkilotlar vakillari, jumladan, BMT Bosh kotibi ham tasdiqlashi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, Janubiy Afrika 2023 yil 29 dekabrda Gaagadagi Xalqaro sudga “Genotsid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risida”gi konvensiyani buzgani uchun Isroilga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Hujjatda ta’kidlanishicha, Isroil rasmiylarining xatti-harakatlari genotsid sifatida tavsiflanishi mumkin, chunki ushbu qirg‘in “G‘azodagi falastinliklarni Falastin milliy, irqiy va etnik guruhining bir qismi sifatida yo‘q qilish” maqsadida amalga oshirilmoqda. Bunday holda, Janubiy Afrika tomoni suddan Isroil konvensiya bo‘yicha o‘z majburiyatlarini buzayotganligi va G‘azo sektoridagi barcha harbiy harakatlarni to‘xtatib, tovon to‘lashi kerakligi haqida hukm chiqarishini so‘rayapti.

Ishning mohiyatini ko‘rib chiqish keyinroq boshlanadi va kamida bir necha yil davom etishi kutilmoqda. 11-12 yanvar kunlari tinglovlar bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab Janubiy Afrika, ertasi kuni esa Isroilning pozitsiyasi tinglandi. 

Janubiy Afrika vakillarining so‘zlariga ko‘ra, falastinliklar huquqlarini “bundan keyin ham jiddiy va tuzatib bo‘lmaydigan” buzilishidan himoya qilishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Da’vogar tomonning advokatlari o‘z chiqishlari davomida Isroil Falastinga nisbatan aparteid siyosatini olib borayotganini, G‘azo sektoridagi harbiy amaliyot esa genotsid ekanini ta’kidladi. Ular suddan Isroildan G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotini to‘xtatish va Falastin xalqiga qarshi genotsidning oldini olish choralarini ko‘rishni talab qildi. 

O‘z navbatida, Isroil BMT Xalqaro sudidan Janubiy Afrikaning da’vosini rad etishni so‘radi. Delegatsiya matbuot kotibi Tal Bekkerning so‘zlariga ko‘ra, bu Isroilni xalqaro qonunchilikka ko‘ra o‘zini misli ko‘rilmagan terror hujumidan himoya qilish huquqidan mahrum etishga qaratilgan.

Bekker Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy amaliyotidan maqsad Falastin xalqini yo‘q qilish emas, balki o‘z xalqini himoya qilish ekanini da’vo qildi.

“Bu yerda genotsid atamasining asosiy tarkibiy qismi – xalqni yo‘q qilish niyati butunlay yo‘q”, deydi Isroil vakili.

Tinglovlarda Isroil tomonida ishtirok etayotgan britaniyalik advokat Malkolm Shou ham Isroilning G‘azo sektorini doimiy ravishda bosib olish va u yerdan odamlarni ko‘chirish maqsadi yo‘qligini ta’kidladi.

“Isroil Falastin aholisiga emas, HAMAS terror tashkilotiga qarshi kurashmoqda va buni xalqaro qonunlarga muvofiq amalga oshirmoqda”, deydi Shou.

Sudning profilaktika choralari haqidagi hukmi bir necha hafta ichida e’lon qilinishi kutilmoqda. Sud qarorlari majburiydir, ammo sudda ularni ijro etish mexanizmlari mavjud emas.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

01 Jun 03:48
 
127
0
xs.uz

Ukraina Germaniyadan qanday yordam olmoqda?

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Berlinga qilgan tashrifi matbuot anjumani bilan yakunlandi. Tashrif davomida harbiy yordam masalasiga oid aniq maʼlumotlar berilmadi. Faqatgina Germaniya kansleri Fridrix Mers Germaniyaning Ukraina hududini 'Starlink' tizimi bilan qamrab olishga qaratilgan dasturni moliyalashtirishda muhim rol oʻynashini taʼkidladi.Ayni paytda mazkur xarajatlarning asosiy qismi Polsha tomonidan qoplangan. Polsha 90 million yevro miqdorida mablagʻ ajratib, Ukrainaga 2

04 Jun 02:45
 
48
0
xs.uz

Isroil soʻnggi 8 kun ichida yordam markazlariga borgan 102 nafar falastinlikning html5-dom-document-internal-entity1-quot-endyostigʻini quritdihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end

Maʼlum qilinishicha, Isroil kuchlari ochlikdan azob chekayotgan falastinliklarni Gʻazo gumanitar jamgʻarmasi tomonidan boshqariladigan yordam markazlariga jalb qilgan. Ushbu markazlarga borgan falastinliklar Isroil askarlari tomonidan hujumga uchragan.Mazkur hujumlar oqibatda soʻnggi 8 kun ichida 102 nafar falastinlik halok boʻlgan. Yana koʻplab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga joylashtirilgan.Gʻazo sogʻliqni saqlash vazirligi bergan maʼlumotlariga koʻra, Rafa

04 Jun 02:45
 
129
0
xs.uz

AQSHda NATOning Rossiyaga qarshi rejasi haqida ogohlantirildi

NATO Rossiya bilan qarama-qarshilikni tugatishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSHning sobiq diplomati Jeyms Jatras aytib oʻtdi.'Ular bu xalqaro hayotning doimiy xususiyatiga aylanishini xohlaydilar. Ular yangi sovuq urushni xohlaydilar', ' deya ogohlantirdi u.Ekspertning fikricha, Gʻarb Ukraina muammosini hal qilishdan mutlaqo manfaatdor emas va Rossiyani zaiflashtirishga doimiy urinishlarga eʼtibor qaratgan.'Ular istagan oxirgi narsa ' Yevropada toʻlaqonli xavfsizlik tuzilmasiga oʻxshagan

04 Jun 02:45
 
121
0
xs.uz

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi navbatda muzokaralar boʻlib oʻtdi. Tomonlar qanday kelishuvga erishdi?

Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina delegatsiyalari oʻrtasidagi muzokaralarning ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Muloqot Moskva vaqti bilan taxminan soat 15:20 da yakunlandi va taxminan bir soat davom etdi. Muzokaralar boshlanishidan oldin tomonlar anʼanaviy qoʻl siqishdan bosh tortishgan. Ukraina delegatsiyasi aʼzolari harbiy formada, Rossiya vakillari esa klassik liboslarda boʻlgan. Avvalgi turda boʻlgani kabi muzokaralarning yopiq qismidan oldin Turkiya Tashqi ishlar vazir