calendar 13 Jan 21:12
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Tadbirkorlarga elektrotexnika sanoatidagi investitsiya loyihalari uchun imtiyozli kreditlar beriladi

image
Qarorga koʻra, 2024-2025-yillar uchun elektrotexnika tarmogʻini rivojlantirish boʻyicha asosiy maqsadli koʻrsatkichlar belgilandi. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

' misni qayta ishlash quvvatini 2024-yilda 140 ming va 2025-yilda 160 ming tonnaga yetkazish;

' mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2024-yilda 30,8 trillion soʻmgacha va 2025-yilda 38 trillion soʻmgacha oshirish;

' mahsulotlar eksport hajmini 2024-yilda 1,5 milliard AQSH dollari va 2025-yilda 2 milliard AQSH dollari miqdorida taʼminlash.

Elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024-2026-yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3-yillik imtiyozli davr bilan 10-yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSH dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.

Bunda banklar tomonidan tadbirkorlarga 3-yillik imtiyozli davr bilan 10-yil muddatga yillik 7 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.

2027-yil 1-yanvargacha elektrotexnika mahsulotlarini sotishdan tushgan tushumi miqdori umumiy tushumining 80 foizidan kam boʻlmagan elektrotexnika tarmogʻi korxonalariga foyda soligʻi va mol-mulk soligʻi boʻyicha stavkalar 50 foizga kamaytiriladi.

2024-yil 1-apreldan davlat xaridlari doirasida chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:

' 3 ta va undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 15 foiz;

' 2 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 12 foiz;

' 1 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etgan taqdirda 8 foiz.

Qaror bilan shuningdek, 2024-yil 1-fevraldan Oʻzbekistonga olib kirishda ularning sifati, xavfsizligi va servis kafolatini taʼminlaydigan ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud boʻlishi talab qilinadigan mahsulotlar roʻyxati tasdiqlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
43
0
xs.uz

Moskvada oʻzbekistonliklarning salkam 140 mln soʻm ish haqi undirib berildi

Qayd etilishicha, Moskva shahrida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan bir guruh yurtdoshimizning 'Megatron' korxonasi oylik maoshlarini bermayotgani yuzasidan murojaati kelib tushgan.Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi huzuridagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda 11 nafar yurtdoshning 950 ming rubl (salkam 140 mln soʻm) oylik mao

26 Jul 10:20
 
42
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda pensiyalar ijtimoiy karta orqali beriladi

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab pensiya oluvchilarga o‘z xohishiga ko‘ra, yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganligi bo‘yicha pensiyalarni ijtimoiy karta orqali olish huquqi beriladi. Bu haqda 2024 yil 18 iyuldagi “Aholini davlat tomonidan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarorida keltirilgan. Qarorga ko‘ra, quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari “Ijtimoiy karta” ATdan taqdim etiladi:

03 Sep 21:35
 
4
0
xs.uz

Magistratura bosqichiga qabul natijalari eʼlon qilindi

Davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul natijalari eʼlon qilinmoqda.Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali tekshirishi mumkin.2024/2025 oʻquv yili uchun davlat oliygohlarining magistratura bosqichiga qabul natijalari eʼlon qilinmoqda, deb xabar berdi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.Magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizal

28 Jul 21:16
 
86
0
xs.uz

Sanoat zonalari: qulay biznes maydoni

Biznes maydonidagi shu kabi qulayliklar sabab kichik sanoat zonalari ham, ularga talabgorlar soni ham tobora oshib bormoqda.Birgina Qashqadaryo viloyati misolida oladigan boʻlsak, bugungi kunda vohada 300 gektardan ortiq maydonda 59 ta sanoat zonasi barpo etilgan, shundan 2 tasi erkin iqtisodiy, 15 tasi yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari, 42 tasi kichik sanoat zonalari hisoblanadi.Ayni paytda hududdagi kichik sanoat zonalarida 700 ga yaqin tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda.Preziden