calendar 13 Jan 10:20
eye 108
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Britaniya Qizil dengizni patrul qilishda davom etadi – Sunak 

image

Britaniya harbiy-dengiz kuchlari Yamandagi husiylarning keyingi “tajovuz”ini oldini olish uchun Qizil dengizda patrullik qilishda davom etadi. Bu haqda Bosh vazir Rishi Sunak bayonot berdi.

"Qirollik dengiz floti husiylarning keyingi tajovuzkorligining oldini olish uchun "Prosperity Guardian" xalqaro operatsiyasi doirasida Qizil dengizni patrul qilishda davom etmoqda. Biz ularni hujumlarni to‘xtatishga va keskinlikni kamaytirish choralarini ko‘rishga chaqiramiz", deydi hukumat rahbari.

Shuningdek, Sunak Buyuk Britaniya va AQSHning Yaman ichidagi husiy pozitsiyalariga zarbalari o‘zini himoya qilish uchun qilingan cheklangan va mutanosib harakat ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 12 yanvarga o‘tar kechasi AQSH va Britaniya kuchlari samolyotlar, kemalar va suvosti kemalari yordamida Yamanning Sana, Saada, Hodeyda, Taiz va Damar kabi bir qancha shaharlarida husiylarning nishonlariga zarba bergandi. AQSH Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Yamandagi zarba Qizil dengizdagi “misli ko‘rilmagan husiy hujumlari”ga javob bo‘lgan va mudofaa xarakteriga ega. Amerika ma’muriyati raketalar, uchuvchisiz havo vositalari va husiy radar stansiyalari joylashgan joylarga hujum qilinganini bildirmoqda.

Husiylar esa AQSH va Britaniya qo‘shinlarining Yamanga hujumi G‘arbning G‘azodagi vaziyatdan e’tiborni chalg‘itishga urinishi ekanini da’vo qildi. Ular bu zarbaga qaramay, Qizil dengizdagi Isroil bilan bog‘liq fuqarolik kemalariga hujum qilishda davom etishini bildirdi.

Rossiya Yamanga berilgan zarbalari munosabati bilan bugun, 12 yanvar kuni BMT Xavfsizlik kengashining shoshilinch yig‘ilishini o‘tkazishni talab qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Jul 17:35
 
60
0
qalampir.uz

Netanyaxu Rafahga bordi (video)

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga bordi. Bu haqda Bosh vazir maslahatchisi Dmitriy Gendelman ma’lum qildi. Netanyaxu Isroil armiyasining 162-diviziyasi joylashgan hududga tashrif buyurdi, harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi va Isroilning Filadelfiya koridori deb ataladigan hududni - G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegaradagi hududni va Rafah nazorat-o‘tkazish punktini nazorat qilishi anklavdagi operatsiyani “davomi uchun glob

15 Jul 12:03
 
131
0
xs.uz

“Kiyevga yuborilgan mablagʻlar AQSH huquq-tartibot tizimini yaxshilashga sarflanishi kerak” — Rossiya Trampga uyushtirilgan suiqasd boʻyicha qanday fikrda

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Peskov AQSH prezidenti Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga izoh berdi.Qayd etilishicha, Peskov bu qotillikka urinishni amaldagi hukumat uyushtirganiga ishonmasligini, ammo Tramp atrofida yaratilgan siyosiy muhit shunday hodisa yuz berishiga sabab boʻlganligini taʼkidladi.Avval xabar berganimizdek, kecha AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari b

26 Jul 17:57
 
70
0
qalampir.uz

Bayden Netanyaxuni G‘azo masalasi bo‘yicha tezroq sulh tuzishga chaqirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni imkon qadar tezroq o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirdi. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni Oq uyda e’lon qilgan bayonotda ma’lum qildi.  Bildirilishicha, Netanyaxu bilan uchrashuvda Bayden yana bir bor G‘azoda gumanitar yordamni ko‘paytirish va tinch aholi himoyasini yaxshilashga chaqirgan. “Yordam yetkazib berish yo‘lidagi barch

26 Jul 20:48
 
85
0
xs.uz

Obamalar Harrisni alqadi

Sobiq prezident Obama va sobiq birinchi xonim Mishel Obama qo'shma bayonotda Harrisning xarakteri va kuchiga ishonini qayd etishdi. Ular ushbu nomzodni qo'llash uchun qo'lidan keladigan barcha ishni qilishini aytdi.Obamalar Harrisning Kaliforniya Bosh prokurori, AQSH senatori va vise-prezidenti sifatida ishlagan faoliyatini alqagan.'U Bayden poygadan chiqqanidan buyon bir necha kun ichida mamlakat bo'ylab bir qator saylovoldi tadbirlarini o'tkazdi. 25-iyul kuni Xyustondagi Amerika o'qituvchilar