calendar 11 Jan 16:56
eye 81
comments 0
comments Manba: xs.uz

“Notariuslardan harbiylarga bepul huquqiy maslahat” aksiyasiga start berildi

image
Oʻzbekiston Respublikasi Notarial palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining qoʻshma qaroriga asosan 14-yanvar ' Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mamlakatimiz boʻylab harbiy qismlarda ikki kunlik 'Notariuslardan harbiylarga bepul huquqiy maslahat' aksiyasiga start berildi.

Ularda harbiy qismlar xizmatchilariga koʻchar-koʻchmas mulklar oldi-sotdi shartnomalari, ishonchnomalar, hadya, vorislik huquqi boʻyicha huquqiy maslahatlar berilmoqda. Qarshi shahri hamda Qarshi tumanida joylashgan harbiy qismlarda tashkil etilgan aksiyalarda qatnashchilarga yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kitoblari hamda 'Notarius maslahati' gazetalari tarqatildi.

Tadbirlarda Notarial palataning Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi J. Xudoyberdiyev, Qarshi shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar M. Umbarov, U. Turdiyev, X. Qoʻldoshev, A. Oʻrunov, R. Xonqulovlar qatnashdi hamda harbiy xizmatchilarga oldi-sotdi shartnomalari, ishonchnomalar va meros masalalari yuzasidan huquqiy maslahatlar berdilar. Harbiy qismlar ofitser va harbiy xizmatchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

' Tadbirlarda 100 nafardan ziyod notariuslar ishtirok etmoqda, ' deydi Notarial palataning huquqiy targʻibot boʻyicha maslahatchisi Z. Haydarova. ' Joylarda bepul huquqiy maslahatdan tashqari sayyor xizmatlar ham koʻrsatish nazarda tutilgan.

Aksiya davom etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:03
 
184
0
xs.uz

Fargʻonadagi Ekoshaharda yangi bogʻ barpo etildi

'Yangi Oʻzbekiston' turar-joy massivi 65 ming aholi yashashi uchun moʻljallangan. Massiv hududida 70 gektar hududda 'Yangi Oʻzbekiston' bogʻi tashkil etildi. Ekoshahardagi yangi amfiteatrda bogʻning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining Fargʻona ahliga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi.' Tabrikda bogʻ hududida joylashgan Oʻzbekiston Qahramoni Lolaxon Murotova nomidagi qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kasb-hunar maktabida muno

26 Jul 10:21
 
28
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari

11 Aug 03:43
 
19
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga tashrifi kechiktirilgan Yaponiya Bosh vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.Davlatimiz rahbari Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila ro'y bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirdi.O'zbekiston Yaponiya tomonining 'Markaziy Osiyo + Yaponiya' birinchi sammitini o'tkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10-11-avgust kunlariga rejalashtirilgan mamlakatimizga rasmiy tashrifi muddatlarin

15 Jul 12:03
 
74
0
xs.uz

Jizzaxda ayiq ikki kishiga tashlanib, ularni oʻldirgani aytildi

Maʼlum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvlarga sabab boʻlayotgan ushbu holat aslida Rossiyaning Baykalorti oʻlkasida sodir boʻlgani aniqlandi. Bu haqida Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatining Hayvonot dunyosini muhofaza qilish boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.Ekologiya boshqarmasiga koʻra, bu kabi notoʻgʻri maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi va qonunchilikda yolgʻon xabarlar tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortilishi mumkin.