' Zamonaviy va shinam toʻrt xonali uy oilamiz uchun chinakam bayram tuhfasi boʻldi, ' deydi podpolkovnik Kamoliddin Muhammadiyev. ' Bu yerda farzandlarimiz bilan munosib hayot kechirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Aytish lozimki, endilikda harbiylar shaharchasi maqomini olgan yangi turarjoy majmuasi zamonaviy standartlar asosida barpo etilgan boʻlib, undan zarur infratuzilma inshootlari, jumladan, bolalar oʻyingohi, minifutbol maydoni oʻrin olgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV, 'Xalq soʻzi'.
Mahalla institutining jamiyatdagi roli oshmoqda
Senatning uchinchi yalpi majlisida 'O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida'gi Qonun muhokama qilindi.Mamlakatimizda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig'inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro'yobga chiqarish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlas
Issiqxona gazlarining chiqarilishini tartibga solishga oid qonun nima uchun rad etildi?
Senatning navbatdagi yalpi majlisida 'Issiqxona gazlarining chiqarilishini cheklash to'g'risida'gi Qonun ko'rib chiqildi.Mamlakatimizda iqlim o'zgarishining oldini olish, uning salbiy ta'sirini kamaytirish borasida muayyan ishlar' amalga oshirilmoqda.Biroq sohani tartibga soluvchi qonun va normativ baza yaratilmaganligi issiqxona gazlarining chiqarilishini kamaytirishda iqtisodiy, texnologik va ekologik yo'nalishlar bo'yicha xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish imkoniyatlarini cheklamoqda.Sohani x
Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Prezidentning 2025-yil 24-yanvardagi qaroriga koʻra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan toʻqimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.Bu qaror hududda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ishlab chiqarish korxonalari bilan sanoat hamkorligini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan.Yangi universitet muhandislik, qurilish, toʻqimachilik, axborot
“Hayotning oʻzi katta teatr...”
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Elimizning sevimli sanʼatkori, taniqli kino va teatr aktyori, Oʻzbekiston xalq artisti Muhammadsoli Yusupov bilan Fargʻona shahri koʻchalarida birga yursangiz, hamma kulib qarayotganini sezib qolasiz. Bu biroz noqulay, ammo yoningizdagi insonning xalqimiz orasida mashhurligini tushunib yetgach, ushbu holat tabiiy ekanligini anglaysiz.Bu aktyor dramaturg Sharof Boshbekov asari asosida sahnalashtirilgan 'Temir xotin' spektaklidagi Qoʻchqorboy roli orqali mashhur