calendar 11 Jan 01:00
eye 85
comments 0
comments Manba: xs.uz

Bino va inshootlar qurilishida zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasi majburiy boʻladi

image
Seminarda mazkur qonun loyihasini ishlab chiqish zarurati, unda aks ettirilayotgan yangi normalar va tadbirkorlik hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan yengilliklar xususida soʻz yuritildi.

Taʼkidlanishicha, amaldagi 'Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida'gi Qonunda nazarda tutilgan bir qator qoidalar eskirgan va bugungi kun talabiga javob bermaydi. Jumladan, mavjud tartibga solish mexanizmlari va atamalar oʻz ahamiyatini yoʻqotgani sababli amaliyotda notoʻgʻri talqin qilish holatlari va sohaning rivojlanishiga toʻsiqlar paydo boʻlmoqda.

Ushbu qonun loyihasi bilan aholiga va telekommunikatsiya sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarga bir qator qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, qonun loyihasiga koʻra endi bank, toʻlov tizimi, toʻlov tashkiloti, elektron tijorat platformasi ilovalari orqali xizmatlarni koʻrsatishda telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritish uchun litsenziya talab etilmaydi.

Seminar davomida qonun loyihasi yuzasidan bir qator savollar oʻrtaga tashlandi. Loyihada nazarda tutilgan telekommunikatsiyalar sohasida davlat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi vakolatlarini aniq belgilash, telekommunikatsiyalar sohasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlik mexanizmini toʻgʻri belgilash va boshqa shu kabilar shular jumlasidan.

Shu bilan birga, loyiha bilan amaldagi 'Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida'gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oldin mavjud boʻlmagan qator yangi normalar kiritilmoqda. Jumladan, asosiy atamalar xalqaro normalarga muvofiqlashtirilmoqda, operator va provayderlarning oʻzaro tarmoq xizmatlarini aholiga koʻrsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlaridan farqlash mezonlari kiritilmoqda.

Qonun loyihasining qabul qilinishi telekommunikatsiya infratuzilmasidan samarali foydalanish imkoniyatini yaratish orqali xizmatlar qamrovini hamda sifatini oshirishga, Internetdan foydalanish imkoniyatining kengayishi esa aholining davlat xizmatlaridan faol foydalanishlari, elektron tijoratni amalga oshirishlari, oʻzlari uchun zarur boʻlgan axborotni izlashlari, olishlari va tarqatishlari singari konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarining taʼminlanishiga xizmat qiladi.

Seminarda soʻz olgan quyi palata deputati Shuxrat Sharofutdinov qonun loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida soʻz yuritar ekan, u bilan soha uchun masʼul organlar belgilanib, ularning vakolatlari oʻzaro taqsimlangan holda, vazifalari aniq belgilab berilayotganini qayd etib oʻtdi.

Muhokamalar chogʻida qonun loyihasi bilan bogʻliq savollarga vazirlik va idoralar mutaxassislaridan asoslantirilgan javoblar olindi.

'


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
32
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi.Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30-yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgor

31 Jan 15:21
 
29
0
xs.uz

“Bolalar salomatligi” axborot tizimi ishga tushiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi boʻlganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi.Bu haqda 13-dekabrda boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida topshiriq berilgan edi. Shunga muvofiq, jahon tajribasi va hayot talabini inobatga olgan holda, qator takliflar ishlab chiqildi.Jumladan, 'Ayollar daftari' va 'Yoshlar daftari' orqali ijtimoiy yordamlar 'Kambagʻal oilalar reyestri'ga kirgan oilalarga koʻ

27 Jan 00:53
 
33
0
xs.uz

Ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini toʻlashdan ozod etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-1018-son, 13.01.2025-y.) bilan 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi Qonunga qator muhim qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritildi. Ushbu oʻzgartirishlar tadbirkorlik subyektlari va yuridik shaxslar uchun yangi yengilliklarni nazarda tutgan.Maʼlum qilinishicha, maʼmuriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki boʻysunuvi oʻzgartirilganligi natijasida tadbirkorlik subyektlarining va boshqa

31 Jan 15:21
 
34
0
xs.uz

Qoraqalpogʻistondagi ikkita oliy taʼlim muassasasi oʻz faoliyatini tugatadi, ammo…

Prezidentning 'Nukus davlat texnika universitetini tashkil etish toʻgʻrisida'gi qaroriga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasida yangi Nukus davlat texnika universiteti faoliyatiga asos solindi. Gap shundaki, ushbu oliy taʼlim muassasasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Nukus konchilik instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali negizida tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda.Universitetning asosiy vazifalariga sanoat, texnika-te