Tadbirda soʻz olganlar xalq va armiya birdamligini yanada mustahkamlash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholi oʻrtasida milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuygʻusini oshirish kerakligini taʼkidlashdi.
Festival doirasida faxriy qorovulning koʻrgazmali chiqishlari, qoʻl jangi ustalarining jangovar harakatlari namoyish etildi. Harbiy orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari festivalga bayramona kayfiyat bagʻishladi.
Shuningdek, Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari boshchiligida 'Vatan fidoyi farzandlarini unutmaydi' shiori ostida yurt tinchligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan samarqandlik harbiy xizmatchilarning yaqinlaridan hol soʻraldi.
Jumladan, masʼullar marhum leytenant Sayyor Saʼdinov, leytenant Maʼrufjon Rahmonov, katta serjant Maʼrufjon Rajabov, serjant Ulugʻbek Barnoyev, kichik serjant Nodir Sobirov, kichik serjant Akmal Mirzaahmedov, kichik serjant Ulugʻbek Hasanov, oddiy askar Lochin Hayitovlarning xonadonida boʻlishdi.
Harbiy xizmatchilarning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va farzandlari holidan xabar olinib, Mudofaa vazirligi tomonidan ajratilgan pul mablagʻlari va okrug qoʻmondonligining bayram sovgʻalari topshirildi.
'Vatanparvarlik oyligi' doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, 'Xalq soʻzi'.
Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi
Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko'p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo'llab-quvvatlashga qo'shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo'lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O'zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov
Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi eʼlon qilindi
'Oʻzgidromet' 26-28-avgust kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Ha
Ertaga havo harorati 45 darajagacha issiq boʻladi
Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 38-40 daraja issiq boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, cha
“Tashabbusli byudjet”: endi bir mahalla bir yilda ikki marta gʻolib deb topilmasligi mumkin
Unga koʻra, keng jamoatchilik va deputatlarning takliflarini inobatga olib amaldagi tartibga bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Xususan, aholi soni kichik boʻlgan mahallalarning gʻolib boʻlish imkoniyatini yaratish maqsadida doimiy tarzda gʻolib boʻlib kelayotgan mahalla(tashkilot)larga tanaffus eʼlon qilish amaliyotini joriy etish koʻzda tutilmoqda.Bundan tashqari, endilikda xodimlarni majburiy ovoz toʻplashga jalb etish holatlarini bartaraf etish maqsadida o