calendar 10 Jan 19:20
eye 75
comments 0
comments Manba: postda.uz

"TEXNIKA" JAMOASI – G‘OLIB

image

Joriy yilning 5 – 10-yanvarida Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy xizmatchilari o‘rtasida sportning shaxmat, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Murosasiz va bahslarga boy bo‘lgan musobaqalar yakuniga ko‘ra, shaxmat bo‘yicha 2-o‘rinni tibbiy xizmat mayori Sanjar Mamarasulov egalladi. Faxrli 1-o‘rinni leytenant M. Qutbiddinov qo‘lga kiritdi. Stol tennisi musobaqasida 2-o‘rin kichik serjant Foziljon Axmadalievga nasib etdi. Birinchi o‘rinni podpolkovnik Azizbek Yunusov egalladi. Qizg‘in va shiddatli kechgan voleybol musobaqasida esa 2-o‘rinni "Shtab" jamoasi qo‘lga kiritdi. Sportning bu turida "Texnika" jamoasiga teng keladigan raqib topilmadi. Bayramga bag‘ishlangan sport musobaqalari qo‘shin harbiy qismlarida ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.  

O‘ktamjon MUSURMONQULOV, 

podpolkovnik.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:22
 
29
0
xs.uz

Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi

Milliy olimpiya qoʻmitasida Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasining 2024-yil yakunlari, 2025-yilgi rejalarga bagʻishlangan hisobot-saylov yigʻilishi boʻlib oʻtdi.Unda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sherzod Xidoyatov mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisi etib saylandi.U 1980-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent shahrida tugʻilgan. 2006-yilda Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan.Sherzod Hidoyatov mehnat faoliyati davomida Oliy xoʻjali

27 Jan 00:54
 
37
0
xs.uz

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketdi

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes oʻz lavozimidan isteʼfoga chiqdi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) matbuot xizmati xabar berdi. Sloveniyalik murabbiy sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli terma jamoani boshqarishdagi vazifalarini toʻlaqonli bajara olmasligini bildirib, shartnomani oʻzaro rozilik asosida bekor qilishga qaror qildi.Srechko Katanes oʻz murojaatida hozirgi holatida professional darajada ishlash imkoniyati yoʻqligini a

27 Jan 00:54
 
33
0
xs.uz

Unga yana ikkita oʻyin bering va Abduqodirning nimalarga qodir ekanini koʻrasiz – Erling Holand. Gvardiola esa Husanov uchun oʻzbek tilini oʻrganishga tayyorligini bildirdi

Futbol boʻyicha Angliya Premyer ligasining 23-turidan oʻrin olgan 'Manchester Siti' va 'Chelsi' oʻrtasidagi markaziy bahsda hamyurtimiz Abduqodir Husanov 'shaharliklar' safida ilk marta maydonga tushdi. Uchrashuvda 'Manchester Siti' 3:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da, Husanovning debyuti muhokamalarga sabab boʻldi.Oʻyindan keyin 'Manchester Siti' bosh murabbiyi Pep Gvardiola 'Sky Sports' efirida Abduqodir Husanovning ilk uchrashuvi haqida fikr bildirib, yosh shogirdini qoʻllab-quvva

27 Jan 00:54
 
38
0
xs.uz

Peresning “diktaturasi” davom etadi

Florentino Peres 5-marta 'Real Madrid' klubi prezidenti etib saylandi. U 2029-yilgacha shu lavozimda faoliyat olib boradi, deb xabar bermoqda 'ESPN' nashri.Maʼlum qilinishicha, 'Real Madrid' klubi prezidentligiga koʻrsatiladigan nomzodlar baʼzi talablarga mos kelishi kerak boʻlgan. Jumladan, nomzod kamida 20-yil davomida klub aʼzosi boʻlishi talab qilinadi. Bu safargi saylovda ham klub rezidentligiga nomzodlar orasida talablarga mos keladigan biror kuchli raqobatchi topilmadi.Florentino Pe