calendar 10 Jan 11:10
eye 78
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Pentagon rahbari prostata saratoniga chalingani ma’lum bo‘ldi

image

2023 yil dekabr oyida mutaxassislar AQSH Mudofaa vaziri Lloyd Ostinga prostata saratoni tashxisini qo‘yib, unda jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Yanvar oyi boshida esa Pentagon rahbari operatsiya asoratlari tufayli shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Merilend shtatidagi Uolter Rid tibbiyot markazi bayonotida aytiladi.

Hujjatga ko‘ra, 2023 yil dekabr oyining boshlarida o‘tkazilgan navbatdagi tekshiruv vaqtida Ostinga “davolanishni talab qiluvchi prostata saratoni” tashxisi qo‘yilgan. Shu munosabat bilan, 22 dekabr kuni unda “minimal invaziv” jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgan (prostatektomiya). 

“Ushbu muolaja paytida u umumiy behushlik ostida edi. Uning kasalligi erta aniqlangan va shuning uchun ham prognoz juda yaxshi”, deyiladi hujjatda.

Mutaxassislarning xabar berishicha, 2024 yil 1 yanvarda vazir Ostin dekabrdagi protseduradan keyingi asoratlar, jumladan qorin, son va oyoqlardagi kuchli og‘riqlar va bosh aylanishi tufayli Uolter Rid tibbiyot markaziga yotqizilgan. 

“Dastlabki tekshiruvda siydik yo‘llari infeksiyasi aniqlandi”, deyiladi markaz xabarida. 

2 yanvar kuni bemor reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Ostin tuzalmoqda va ular vazirning “to‘liq sog‘ayib ketishini” kutmoqda. Markazning aniqlik kiritishicha, bu uzoq jarayon bo‘lishi mumkin. 

Shifokorlarning ishontirishicha, yanvar oyida shifoxonaga yotqizilganidan beri vazir “hech qachon hushini yo‘qotmagan yoki umumiy behushlik ostida bo‘lmagan”.

AQSH harbiylari matbuot kotibi Patrik Rayderning 8 yanvar kuni ma’lum qilishicha, Pentagon o‘z rahbarining shifoxonaga yotqizilgani haqida o‘z vaqtida xabar bermagani uchun Ostin iste’foga chiqish niyatida emas. Rayderning ta’kidlashicha, vazir “o‘z majburiyatlarini bajarishga e’tiborini qaratishda davom etadi”. O‘sha kuni Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSH Prezidenti Jo Bayden Ostinni ishdan bo‘shatishni rejalashtirmayotganini, biroq ma’muriyat Mudofaa vazirligi Ostin shifoxonaga yotqizilgani haqida o‘z vaqtida xabar bermagani sababli tekshiruv o‘tkazishini aytdi. Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Perning ta’kidlashicha, Prezident Ostinga “to‘liq ishonadi”.

Qayd etish joizki, Qo‘shma Shtatlarda jamoatchilik yuqori lavozimli siyosatchilarning sog‘lig‘i haqida to‘liq ma’lumot olishi odat tusiga kirgan. Pentagon rahbari bilan yuzaga kelgan vaziyat esa muxolifatdagi respublikachilarning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi. Bir qator siyosatchilar Mudofaa vaziri iste’fosini talab qilmoqda. Ular Rossiyaning Ukrainadagi urushi va Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat davrida Pentagonni kim boshqarayotganiga hayron bo‘ldi.

AQSH Kongressi a’zolari Ostindan Pentagon nega uning shifoxonaga yotqizilgani haqida jamoatchilik va rasmiylarni zudlik bilan xabardor qilmaganini tushuntirishni talab qilgan. “Politico” gazetasining aniqlik kiritishicha, Mudofaa vazirligi Ostinning qayerda ekani haqidagi ma’lumotni uch kun davomida Oq uydan sir saqlagan. 

Ma’lumot uchun, Lloyd Ostin 2021 yilda vakolat muddati boshlanganidan beri Bayden jamoasi a’zosi. U Pentagonga rahbarlik qilgan birinchi afro-amerikalik bo‘ldi. 2016 yilgacha AQSHning amaldagi Mudofaa vaziri Yaqin Sharqda joylashgan AQSH kuchlari qo‘mondoni bo‘lgan. Bu lavozimda u AQSHning Iroq, Suriya va Afg‘onistondagi missiyalari uchun mas’ul edi. AQSH armiyasidagi 40 yildan ortiq faoliyatining boshida Ostin Germaniyada xizmat qilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:40
 
5
0
xs.uz

Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi

Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga

20 Sep 00:23
 
15
0
xs.uz

Isroilning Gʻazodagi urushdan maqsadi nima?

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahuning aytishicha, uning Gʻazodagi urush maqsadlari Livan chegarasi yaqinidagi hududlardan qochgan isroilliklarning oʻz uylariga qaytishiga imkon berishni oʻz ichiga oladi.Isroil qariyb bir yil oldin Gʻazoga qarshi urush boshlaganidan beri Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Livanning 'Hizbulloh' qurolli guruhi oʻrtasida deyarli har kuni chegaradan oʻt ochish holatlari kuzatilmoqda.Seshanba kungi Netanyahu idorasi bayonotida aytilishicha, 'shimol aholisi

09 Oct 12:40
 
8
0
xs.uz

Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi neft terminaliga zarba berdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush muhim bosqichga kirganini maʼlum qilganidan keyin mamlakat harbiylari bosib olingan Qrimdagi Rossiyaning urush harakatlari uchun muhim boʻlgan yirik neft terminaliga zarba berganini aytdi.'Tunda Qrimning vaqtincha bosib olingan Feodosiya shahridagi dushmanning dengizdagi neft terminaliga muvaffaqiyatli zarba berildi', ' deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan tarqatilgan xabarda.Moskva ham, Kiyev ham qimmatga tushayotgan urushni qanday davom ettirish

09 Oct 12:36
 
4
0
postda.uz

БИЛИБ ҚЎЙГАН ЯХШИ

Кофеин аслида энергия бермайди. Бу шунчаки миянгиздаги аденозин, яъни чарчаганингизда буни сизга хабар берадиган рецепторларни вақтинчалик блоклайди холос...***Тошбақаларнинг танаси ва ички органлари қаримайди. Шунинг учун тошбақалар камдан-кам ҳолларда қариликдан ўлад