calendar 09 Jan 21:46
eye 70
comments 0
comments Manba: xs.uz

Farzandimni harbiy libosda koʻrib faxrlandim — Dildora Mahkamova

image
Tadbirda Fargʻona viloyati hokimligi, viloyat harbiy-maʼmuriy sektori, Sharqiy harbiy okrug masʼullari hamda mamlakatimizning turli hududlarida xizmat burchini oʻtayotgan fargʻonalik askarlarning onalari, harbiy xizmatchilar qatnashdi.



Taʼkidlanganidek, Prezidentimiz rahbarligida soʻnggi yillarda harbiy sohada olib borilgan islohotlar natijasida milliy armiyamizning qiyofasi, qoʻshinlarning jangovar tayyorgarligi tubdan oʻzgardi. Bu borada viloyat harbiy-maʼmuriy sektori faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etayotir.

' Bugun Vatanni himoya qilishdek muqaddas burchini ado etayotgan farzandimni harbiy libosda koʻrib behad faxrlandim, ' deydi Qoʻshtepa tumanining 'Solijonobod' MFY, Solijonobod koʻchasida yashovchi Dildora Mahkamova. ' Buxoroda harbiy xizmatda boʻlgan oʻgʻlim Gʻiyosiddin Sobirjonovni ekran orqali koʻrgan boʻlsam ham sogʻinchim aridi. 'Onajon, askar oʻgʻlingizdan salom' deya mayin jilmayganda koʻzimga yosh keldi.



Shuningdek, muloqotda yurtimizning turli hududlarida xizmat burchini bajarayotgan bir guruh fargʻonalik harbiy xizmatchilar ishtirokida tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.

Uchrashuv soʻngida askar onalariga esdalik sovgʻalari topshirildi. Sharqiy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestri jamoasi hamda viloyat sanʼatkorlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga xush kayfiyat baxsh etdi.

Botir MADIYOROV, 'Xalq soʻzi'.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:20
 
43
0
qalampir.uz

Dollar kursi ko‘tarildi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,76 so‘mga oshdi va 12 625,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro kursi esa 10,21 so‘mga ko‘tarilib, 13 686,81 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa 1,73 so‘mga oshib, 146,11 so‘mni tashkil etdi.

15 Jul 21:23
 
134
0
qalampir.uz

Namanganda MIB xodimlarini jarohatlagan fuqaro qamaldi

Namangan viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimiga jarohat yetkazgan fuqaro 3 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, MIBning Chust tumani bo‘limi davlat ijrochilari fuqaro J.N.ning xonadoniga boshqa haqdor fuqaro foydasiga 42,1 million so‘m qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Qarzdor esa majburiyatini bajarish o‘rniga, davlat ijrochilari faoliyatiga keskin qarshilik ko‘rsatib, ularni haqoratlagan

29 Jul 13:48
 
74
0
qalampir.uz

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida kontrakt narxi oshirildi. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi. Bildirilishicha, universitet hamda Diplomatik akademiyaning Kuzatuv kengashi 2024/2-qarori bilan 2024-2025 o‘quv yili bakalavriat va magistraturada shartnoma asosida o‘qitish to‘lov-shartnoma yangilangan miqdori tasdiqlangan. Yangilangan to‘lov-shartnoma miqdori quyidagicha belgilandi: 1-bosqich talabalari uchun stipendiyasiz – 29 million 428 ming so

12 Jul 17:47
 
143
0
xs.uz

Salkam 76 million soʻmlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlanganini maʼlum qildi.Departament Yangiyer shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.A. va Sh.B. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 390 quti 'Esse change' nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 38,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan us