calendar 09 Jan 18:55
eye 105
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Taniqli amerikalik bokschi Putinning “o‘g‘li”ga aylandi

image

Amerikalik taniqli bokschi Kevin Jonson Rossiya fuqaroligini oldi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tegishli farmoni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Jonson 2023 yil sentyabrda Rossiya fuqaroligi uchun ariza bergan. Sportchi Samarada yashashni xohlagani uchun ushbu qarorga kelgani aytilmoqda. Keyinchalik Jonsonning Samarada uy-joy olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirgani ham ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, bokschi Putin sharafiga Vladimirovich sharifini tanlagan.

Ma’lumot uchun, Jonson 44 yoshda, u professional ringda 60 ta jang o‘tkazgan, shulardan 36 tasida g‘alaba qozongan (20 tasi nokaut bilan), 22 tasida mag‘lubiyatga uchragan, 2 ta jang durang bilan yakunlangan. 2009 yil dekabr oyida amerikalik bokschi Jahon boks kengashining og‘ir vazn toifasidagi chempionlik unvoni uchun jangda ukrainalik Vitaliy Klichkoga yutqazdi. Ukrainalik sportchi esa o‘z faoliyatidagi 39-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. 2017 yilda Jonson italiyalik Franchesko Pianetani texnik nokaut bilan mag‘lub etib, Xalqaro boks tashkiloti talqiniga ko‘ra chempion unvonini qo‘lga kiritdi, biroq keyingi yili xorvatiyalik Petar Milasga texnik nokaut bilan yutqazib, kamarni himoya qila olmadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:50
 
30
0
xs.uz

“Universiada — 2025” g‘olib va sovrindorlari tantanali tarzda taqdirlandi

Mazkur tadbirda Hukumat vakillari, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, shuningdek, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari rahbariyati, oliy ta'lim muassasalari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.Musobaqada g'alaba qozongan va sovrindor bo'lgan jamoalarga faxriy yorliq, medallar va esdalik sovg'alari topshirildi. Taqdirlash marosimida sportchilarning faolligi, ta'lim muassasalarining mehnati va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida

31 May 08:50
 
36
0
xs.uz

Shaxsiy rekordini yangilagan hamyurtimiz

Gap shundaki, ayollar o'rtasida kechgan 400 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Jonbibi Hukmova bronza medaliga ega chiqdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tgan sportchimiz finalda 52.79 soniya qayd etib, uchinchi bo'lib marraga yetib keldi.Qayd etish joiz, bu bilan J. Hukmova shaxsiy rekordini ham yangilashga erishdi.

31 May 08:50
 
44
0
xs.uz

Toshkentda golf bo‘yicha xalqaro turnir boshlanmoqda

Mazkur musobaqa avvallari Qozog'iston va Turkiyada o'tkazilgan bo'lib, bu gal unga poytaxtimiz mezbonlik qiladi.Bu yilgi bahslarda O'zbekiston, Qozog'iston, Xitoy, Hindiston, Qirg'iziston va Rossiyadan 8 ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi.

31 May 08:50
 
36
0
xs.uz

Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli turnir chempioniga aylandi

Shvetsiyaning Malmyo shahrida oʻtkazilgan yirik xalqaro shaxmat turniri oʻz yakuniga yetdi. Aylana tizimida boʻlib oʻtgan mazkur musobaqada Oʻzbekiston sharafini grossmeyster Javohir Sindarov muvaffaqiyatli himoya qildi.Mamlakatimizning ikkinchi raqamli shaxmatchisi yetti nafar kuchli raqiblari bilan sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordi.Kecha boʻlib oʻtgan 7-tur bahsida Sindarov qora donalarda ukrainalik shaxmat afsonasi Vasiliy Ivanchukka qarshi bahs olib bordi va oʻyinni durang b