calendar 09 Jan 13:45
eye 87
comments 0
comments Manba: postda.uz

ФИДОЙИЛИГИ КЎПЛАРГА ИБРАТ

image

ИИВ Академиясининг сержантлар таркибини тайёрлаш олий курсини тугатган шовотлик Руслан Норметов вилоят ИИБ ЙҲХБ алоҳида отряди 4-сафарбарлик гуруҳи ЙПХ инспектори вазифасида хизмат фаолиятини бошлади. Зиммасидаги вазифага масъулият билан ёндашган бу йигит саккиз йил ушбу лавозимда самарали хизмат қилди. Айни кунда у вилоят ИИБ Хавфсиз туризмни таъминлаш бошқармаси йўл ҳаракати хавфсизлиги гуруҳи ЙПХ инспектори вазифасида хизмат қилмоқда.

Лавҳамиз қахрамони ўтган йил давомида туризм намойиши обьектлари ва уларга туташ ҳудудларда йўл ҳаракати қоидаларига риоя этмаган 2023 нафар ҳайдовчига нисбатан маъмурий баённома расмийлаштирган. Шундан 1880 таси қўпол қоидабузарликлардир. Шунингдек, у 55 та хорижий давлатлар ва 2 та халқаро ташкилотнинг 128 та делегациясини кутиб олиш ва кузатиш тадбирларида фаол иштирок этди.

Катта сержант Руслан Норметов йўл-транспорти ҳодисаларининг барвақт олдини олиш бўйича ўтказилаётган тарғибот тадбирларида ҳам фаол иштирок этмоқда.

Зиммасига юклатилган вазифани масъулият билан бажариб, ҳамкасбларига ўрнак бўлаётган ЙПХ инспектори, катта сержант Руслан Норметов «Ўзбекистон Конституциясининг 30 йиллиги» эсдалик нишони ҳамда вилоят ИИБнинг “Фахрий ёрлиқ”лари билан тақдирланган.

Худойберган ЖАББОРОВ,

ўз мухбиримиз.

Хоразм вилояти.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 15:21
 
66
0
xs.uz

Qariyb 10 million yoʻlovchi temir yoʻl transportidan foydalangan

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 177,1 ming yoʻlovchiga koʻpaygan. Shu tariqa, oʻsish surati 101,8 foizni tashkil qildi.Qayd etish joizki, temiryoʻl transportidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni soʻnggi 4-yilda muntazam oshib borganligini koʻrish mumkin.Jumladan, 2020-yilda 6 million 155,3 ming, 2021-yilda 7 million 949,4 ming, 2022-yilda 9 million, 2023-yilda 9 million 626,5 ming nafar yoʻlovchi manziliga yetib olish maqsadida temir y

19 Feb 00:21
 
30
0
xs.uz

2024-yilda O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 145 trillion so‘mdan oshdi

2024-yilning yanvar ' dekabr oylari yakuniga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi bo'yicha transport xizmatlari hajmi 145 124,4 mlrd so'mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga o'sdi.Transport xizmatlari hajmining o'sish dinamikasi (mlrd so'm):' 2020-yil ' 53 662,9' 2021-yil ' 67 238,6' 2022-yil ' 83 985,6' 2023-yil ' 114 553,3' 2024-yil ' 145 124,4.Transport sektorining barqaror o'sishi quyidagilar bilan bog'liq:' Logistika va transport infratuzilmasining yaxshilanishi;' Tashis

27 Jan 00:54
 
57
0
xs.uz

Barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 22-yanvar kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 9,35 soʻmga oshib, 12 984,44 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 69,36 soʻmga koʻtarilib, 13 442,79 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 2,27 soʻmga oshdi va 129,90 soʻmni tashkil qildi.

06 Mar 16:12
 
10
0
xs.uz

Barcha xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati koʻtarildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 7-mart kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 17,99 soʻmga oshib, 12 918,36 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi 132,95 soʻmga koʻtarilib, 13 951,83 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli 0,85 soʻmga oshdi va 144,65 soʻmni tashkil qildi.