calendar 09 Jan 10:14
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Serial davom etadi. Mbappening “Real” bilan kelishgani rad etildi

image

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening atrofidagilari futbolchining “Real”ga o‘tishi haqidagi xabarlarni rad etdi.

“Kilianning kelgusi faoliyati borasida hech qanday kelishuv yo‘q. Hozircha muzokaralar boshlanmagan. Mbappe muhokama qilish va qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan vaqtga hech narsa ta’sir qila olmaydi”, deydi Mbappening yaqinlaridan biri.

Joriy mavsumda 25 yoshli Mbappe barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda qatnashib, 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. PSJ Fransiya Liga 1 turnir jadvalida 1-o‘rinda, Luis Enrike shogirdlari 17 o‘yinda 40 ochko jamg‘argan. Ichki chempionatning navbatdagi o‘yinida parijliklar mehmonda “Lans” bilan o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real” Kilian bilan to‘liq kelishuvga erishgani haqida xabar berilgan edi. Hujumchi 2018 yildan buyon PSJda o‘ynab kelmoqda. Fransiyalik forvardning klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:21
 
49
0
xs.uz

Magʻlub boʻlgan Oʻzbekiston, AQSH, Argentina… Olimpiada futbolining birinchi turi qanday oʻtdi? Birinchi turdan keyingi vaziyat (Foto+jadval)

'A' guruhidan joy olgan Fransiya ochilish oʻyinida AQSHni 3:0 hisobida magʻlub etdi. Ushbu toʻrtlikdagi ikkinchi bahsda Yangi Zelandiya vakillari giveniyalik yoshlarni yengdi ' 2:1.'B' guruhidagi Marokash va Argentina bahsi turnirning eng munozarali oʻyini sifatida esda qoladigan boʻldi. Uchrashuvning asosiy vaqtida marokashliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Bosh hakam esa oʻyinga 16 daqiqa qoʻshib berdi. Natijada uchrashuvning qoʻshib berilgan daqiqalarida lotin amerikaliklar hisobni

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

“Real” stadionining VIP-o‘rindiqlar chiptasi rekord summada sotiladi

Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolanishi munosabati bilan Madridning “Real” klubi katta miqdorda pul ishlab olmoqchi, jumladan, jamoaning uy uchrashuvlari uchun chiptalar narxi oshirilishi kutilmoqda. Bu haqda Ispaniya OAV xabar berdi. Klub o‘zining uy stadioni “Santyago Bernabeu”da VIP o‘rindiqlar narxi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi. “Real Madrid” arenani 1,5 milliard yevroga ta’mirlash ishlaridan so‘ng 300 ta hashamatli Super VIP o‘

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarining mezbonlari aniq bo‘ldi

2030 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari Fransiyaning Alp tog‘larida bo‘lib o‘tadi,  2034 yilgi bahslar uchun esa Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri tanlandi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) o‘z bayonotida ma’lum qildi. ”XOQ 2034 yilgi qishki Olimpiya o‘yinlari AQSHning Yuta shtati Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilishini mamnuniyat bilan e’lon qiladi”, deydi tashkilot prezidenti Tomas Bax. Amerikaning Solt-Leyk-Siti shahri 2002 yi

19 Aug 07:04
 
30
0
xs.uz

“Real Madrid” muxlislari kutgan kun keldi. Mbappe maydonga tushishi mumkin boʻlgan Yevropa Superkubogi haqida prevyu

Bugun tunda Yevropa Superkubogi uchun bahs boʻlib oʻtadi. Unda amaldagi Yevropa Chempionlar ligasi gʻolibi 'Real Madrid' va Yevropa ligasi chempioni 'Atalanta' jamoalari ishtirok etadi. Dunyo futbol jamoatchiligi ushbu bahs atrofida qanday taxminlar bildirayotgani va jamoalarning imkoniyatlari qandayligi haqida gaplashamiz.'Real Madrid' 2024-yilgi UYEFA Superkubogida gʻalaba qozonishi kutilayotgani, albatta, sir emas. 'OPTA' kabi tahliliy portallar 'qirollik klubining 90 daqiqa ichida gʻala