2024-yil yakunida Qarshi va Nukus shaharlarida quyosh paneli ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi

Bundan tashqari, mis xomashyosini qayta ishlash 140 ming tonnaga yetkaziladi. Ohangaron tumanidagi 'Mis klasteri'da umumiy qiymati 55 mln dollarlik 5 loyiha ishga tushiriladi.
Buxoro viloyatida ham maishiy texnikalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan texnopark oʻz faoliyatini boshlaydi.
2024-yil yakuni bilan Qarshi shahrida 250 Megavattli, Nukus shahrida 200 Megavattli quyosh paneli ishlab chiqarish loyihalari ishga tushiriladi.
250 mln. dollarlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi taʼminlanadi.
Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant
Farg‘ona shahrining Yuksalish ko‘chasi nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirildi
Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, bu ko'chada 3 ta chorrahada 22 dona 'aqlli' sfetofor, ko'chaning 2 tomonidagi piyodalar yo'laklariga 1,6 km. uzunlikda taktil qoplamalar, piyodalar o'tish yo'laklarida ko'cha to'siqlari o'rnatildi.Shuningdek, chorrahalarda piyodalar o'tish yo'laklari maxsus bo'yoq bilan qoplandi, mavjud binolarning kirish qismlari eshiklar atrofi kontrast rangli ogohlantiruvchi tasmalar bilan to'liq jihozlandi, yo'laklarda yangi panduslar qurildi, avtobus bekati nogir
Prezident Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zladi
Muhtaram faxriylar, qadrli yoshlar!Munis opa-singillar, hurmatli mehmonlar!Siz, azizlarni, ko'pmillatli butun xalqimizni qadimiy va hamisha navqiron bayram ' Navro'zi olam bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.Bugungi munavvar kunni elu yurtimiz bilan tinch va xotirjam kutib olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.Bu yilgi Navro'z muqaddas Ramazon oyida, uning tabarruk fazilatlariga uyg'un holda o'tayotgani bayramga alohida ruh, o'zgacha fayz va quvonch bag'ishlamoqda.
Diqqat: Endi avtomobillar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar “Road 24” ilovasi orqali tekshirilmaydi
Endilikda haydovchilar shaxsiy avtotransport vositalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni 'Road 24' mobil ilovasi orqali bila olmaydilar. Bu haqida YHXX axborot xizmati boshligʻi Zoyir Yoʻldoshov maʼlum qildi.Bildirilishicha, 'Road 24' mobil ilovasi hamda YHXX oʻrtasidagi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi batamom toʻxtatilgan.Shuningdek, endilikda haydovchilardan 'Safe Road YHXX' ilovasini yuklab olish orqali shaxsiy avtomobili