Turkiyaning Shanliurfa shahrida yilning shov-shuvli to‘y marosimlaridan biri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Ahaber" nashri xabar berdi.
To‘yda kelinga 8 kg og‘irlikdagi tilla buyumlar: bilaguzuk, toj, kamar, tilla zanjir kabi taqinchoqlar taqilgan. Mehmonlar million liraga yaqin pulni havoga sochishdi. Shanliurfadagi yilning so‘nggi qabila to‘yida kelinga taqilgan tilla buyumlar va havoga sochilgan dollarlar jomadonni to‘ldirgan.
Izol qabilasidan tadbirkor Mehmet Urmakning o‘g‘li Erhan Urmak Burju O‘zdiker ismli qiz bilan turmush qurgan. Shahardagi to‘yxonada bo‘lib o‘tgan to‘yga siyosatchilar, mintaqadagi qabila yetakchilari va yuzlab kishilar kelgan.
Xonanda Jeylan va mahalliy san’atkorlar ham sahnaga chiqqan, to‘yda raqsga tushayotgan juftlik va halay raqsiga tushayotgan mehmonlarga dollar va turk liralari sochilgan.
To‘y videosida davraga sochilgan pullar yig‘ilib, qoplarga solinayotganini ko‘rish mumkin.