Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Oʻzbekiston elchisini qabul qildi


4-dekabr kuni Oʻzbekiston elchisi Nodir Gʻaniyev Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom bilan uchrashdi.
Suhbat chogʻida soʻnggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shvetsiya TIV rahbari Stokgolmda Oʻzbekiston elchixonasi ochilganini va diplomatik missiya rahbari lavozimiga kirishganini olqishladi.
Tomonlar togʻ-kon sanoati, telekommunikatsiya, sogʻliqni saqlash, innovatsion texnologiyalar, suv resurslaridan samarali foydalanish va chiqindilarni qayta ishlash sohalarida Oʻzbekiston-Shvetsiya hamkorligi masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
11-dekabr kuni Stokgolmda boʻlib oʻtadigan TIVlararo siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi raundi oʻzaro manfaatli barcha sohalarda Oʻzbekiston-Shvetsiya hamkorligini yanada mustahkamlashiga ishonch bildirildi.
Uchrashuv yakunida vazir elchiga Oʻzbekiston-Shvetsiya munosabatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib oʻtamiz, 9-noyabr kuni Stokgolm shahrida Oʻzbekiston elchisi Nodir Gʻaniyevning Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.
2022-yilda Shvetsiya poytaxtida ochilgan diplomatik vakolatxona mamlakatimizning xorijdagi 36-elchixonasi boʻldi.
Rossiya Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bilan tabrikladi
O'zbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaHurmatli Shavkat Miromonovich!Bahor ayyomi Navro'z munosabati bilan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.Rossiya-O'zbekiston munosabatlari strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Birgalikdagi sa'y-harakatlarimiz bilan o'zaro manfaatli ikki tomonlama aloqalarni bundan buyon ham do'st xalqlarimiz farovonligi, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash yo'lida faol rivojlant
Serjantlar “Vatanga qasamyod” qilishdi
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Bojxona qo'mitasi Raisi o'rinbosari O.Choriyev, O'zbekiston bojxona xizmati faxriylari, Bojxona organlari huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zolari, tegishli mas'ullar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.Tadbirda so'zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda bojxona organlariga bilimli va malakali kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy mahoratlarini muntazam oshirib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi, yosh xodimlar esa bunga ja
Shahar va viloyatlarda odam tashish huquqi boʻyicha tender eʼlon qilindi
Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Qarorga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Takliflarni e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim qilish mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida toʻqimachilik klasteri bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 'WBM Romitex' klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.'WBM Fabrics' nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi. Umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib o'rnatildi. Matoni bo'yash va gul solish yo'lga qo'yildi. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvat