calendar 05 Dec 12:25
eye 111
comments 0
comments Manba: xs

Benyamin Netanyaxu siyosiy hayotini uzaytirish uchun butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qoʻymoqda — Rejep Tayyip Erdogʻan

image

Foto: РИА «Новости»

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu siyosiy hayotini uzaytirish uchun butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qoʻymoqda. Ushbu fikrlarni Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan aytib oʻtdi.

“Biz Qatarning Gʻazodagi qisqa gumanitar tanaffus va mahbuslar almashinuvi jarayoniga qoʻshgan hissasini qoʻllab-quvvatlaymiz. Netanyaxu siyosiy hayotini uzaytirish uchun mintaqa kelajagini xavf ostiga qoʻymoqda. 17 ming falastinlikning oʻlimi urush jinoyatidir. Bizning ustuvor vazifamiz zudlik bilan doimiy sulh eʼlon qilishdir”, dedi Erdogʻan seshanba kuni Fors koʻrfazi hamkorlik kengashi sammitida soʻzlagan nutqida.

Isroil va Gʻazo sektorida hukmronlik qilayotgan Falastinning HAMAS harakati Qatar vositachiligida 22 noyabr kuni mojaro avj olganidan beri birinchi keng koʻlamli kelishuvga erishdi. Tomonlar oʻzaro harbiy harakatlarni toʻrt kunga toʻxtatishga kelishib oldilar. Oʻnlab garovga olinganlar va mahbuslar bir-birlari almashildi. Toʻrt kunlik sulh 24-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07.00 da boshlandi, keyin u ikki marta, avvaliga ikki, keyin yana bir kunga uzaytirildi.

Yaqin Sharqdagi vaziyat 7 oktyabr kuni Gʻazo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining oʻldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan keskin yomonlashdi. HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.

Isroilda, rasmiylarning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, HAMAS hujumlari oqibatida taxminan 1,2 ming kishi halok boʻlgan, bu raqam tinch aholi, askarlar, chet el fuqarolari va ishchilarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 5 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan.

Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Bir necha kun ichida Isroil harbiylari Gʻazo bilan chegaraga yaqin boʻlgan barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havodan zarbalar berishni boshladi. Shuningdek, Isroil Gʻazo sektorini toʻliq blokadaga olganini eʼlon qildi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatildi.

Oktyabr oyining oxirida Isroilning anklavdagi operatsiyasining quruqlik bosqichi boshlandi. Gʻazo shahri Isroilning quruqlikdagi kuchlari tomonidan oʻrab olingan va anklav amalda janubiy va shimoliy qismlarga boʻlingan.

Isroil hujumlari boshlanganidan beri Gʻazo sektorida halok boʻlganlar soni 16 mingdan oshdi, 35 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. HAMAS Gʻazo sektorida 200-250 nafarga yaqin odamni garovda ushlab turgani daʼvo qilindi. Sulh tugaganidan keyin Isroil hukumati 126 nafar isroillik va 11 nafar xorijlik HAMAS qoʻlida qolayotganini, garovga olinganlarning 110 nafari esa qoʻyib yuborilganini maʼlum qildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jun 10:46
 
35
0
xs.uz

“Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi

Ushbu hafta Hindistonda 'Boeing 787-8 Dreamliner' samolyoti Ahmadoboddan Londonga uchish uchun samoga koʻtarilgan, ammo 5 daqiqa oʻtib havo kemasi halokatga uchradi. Bortda 242 kishi bor edi.Dastlab dahshatli aviahalokatda qutqaruvchilar tiriklarni topishga umid qilishmagan. Shunga qaramasdan, 40 yoshli Vishvashkumar Ramesh bu fojiada tirik qolgan bortdagi yagona inson ekani maʼlum boʻldi.U akasi Ajaykumar Ramesh bilan uchayotgan edi. Ular bort oshxonasining qarama-qarshi tomonidagi favqulod

08 Jun 02:27
 
38
0
xs.uz

Tramp va Mask omma oldida janjallashdi

AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi

17 May 21:47
 
55
0
xs.uz

Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi

Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin

04 Jun 02:45
 
136
0
xs.uz

Misrdan Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi

Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit Chtml5-dom-document-internal-entity2-39-endga qarshi dori vositasining 2025-yildagi ilk partiyasi yetkazildi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda C gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbar