
Qishning birinchi oyi ham boshlandi. Hademay, havo harorati pasayib, sovuq kunlar boshlanadi. Shu sababli davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi har bir hududda qishga tayyorgarlik holatini sinchikovlik bilan oʻrganmoqda, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etmoqda.
Ana shunday oʻrganishlardan biri Toshkent shahrining Olmazor tumani “Olimpiya” mahallasida amalga oshirildi. Hududda joylashgan koʻp qavatli uylar, ijtimoiy soha obyektlari koʻzdan kechirildi.
Kelayotgan mavsumga puxta tayyorgarlik koʻrish, jumladan, elektr, gaz, suv taʼminoti, isitish tizimlarining barqaror ishlashi maqsadida tegishli tashkilot masʼullariga tavsiyalar hamda amaliy koʻmak berildi.
Xususan, “Sagʻbon” podstansiyasida taʼmirlash ishlari koʻzdan kechirilib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali uchun birlamchi zarur ijtimoiy soha obyektlari va aholi punktlariga elektr energiyasini uzluksiz yetkazish hamda avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida, qoʻshimcha dizel generatorlari, kerakli asbob-uskunalar olib kelinishi taʼminlandi.
Shu bilan bir qatorda oʻrganishlar davomida “Olimpiya” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishildi. Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan “Yashil makon” dasturi doirasida mahalla hududida mevali daraxt koʻchatlari ekildi.
Respublika ishchi guruhi faoliyati davom etmoqda.
Matematika olimpiadasida terma jamoamiz a’zolari 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
Olimpiadada 55 ta davlatdan 300 nafarga yaqin o'quvchi qizlar ishtirok etdi.Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xabariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi qizlari ushbu olimpiadada ishtirok etib, 3 ta medalni qo'lga kiritdi.Jumladan, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o'quvchisi Dildora Mahkamova ' kumush,Nukus shahar 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o'quvchisi Malika Xojamuratova bronza,Buxoro viloyati, Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan m
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur
Har qanday shaxsni uning roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan loyihada qayd etilishicha, qonun insonlarning tasvirga boʻlgan huquqini mustahkamlash hamda milliy huquqni qoʻllash amaliyoti va 30 ga yaqin xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilingan holda, aholi fikrini oʻrganish uchun muhokama portaliga joylashtirilgan.Loyihaga koʻra, endilikda umumiy qoida tariqasida, endilikda har qanday kishini rasm yoki videoga olish hamda ushbu tasvirdan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.Shu bilan birga, loyi
Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o