calendar 01 Dec 21:21
eye 130
comments 0
comments Manba: xs

“Gʻazo sektorida janglarning qayta boshlanishi — falokat”. BMTda Gʻazoda harbiy harakatlar qayta boshlangani tanqid qilindi

image

Foto: AFP

Gʻazoda jangovar harakatlarning qayta boshlanganini BMTning Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Volker Turk tanqid qildi.

“Gʻazo sektorida janglarning qayta boshlanishi — falokat”, deydi inson huquqlari tashkiloti rahbari.

Uning soʻzlariga koʻra, mojaro tomonlariga taʼsir oʻtkazuvchi davlatlar zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha saʼy-harakatlarini ikki baravar oshirishi kerak. Bu insonparvarlik nuqtayi nazaridan ham, inson huquqlarini taʼminlash uchun ham amalga oshirilishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, kecha, 1-dekabr kuni Isroil mudofaa kuchlari harakatni sulh shartlarini buzganlikda ayblab, HAMASga qarshi jangovar harakatlarni davom ettirdi. Oʻz navbatida, HAMAS harbiy harakatlar qayta boshlanganida Isroilni aybladi.

Shu yilning 24-noyabr kuni mojaro tomonlari asirlarni almashish uchun toʻrt kunlik gumanitar tanaffus eʼlon qilgandi. Keyin yana ikki kunga uzaytirilgandi.

Avvalroq, BMT Gʻazo sektori Isroil tomonidan koʻchirilgan aholi sonini maʼlum qilgandi. Unga koʻra, koʻchirilganlar soni 1,8 millionga yetgan, bu anklav aholisining 80 foizini tashkil qiladi.

Yaqin Sharqdagi vaziyat 7-oktyabr kuni Gʻazo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining oʻldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan keskin yomonlashdi. HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.

Shundan soʻng Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Mamlakat mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadi HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
71
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

20 Mar 12:55
 
81
0
xs.uz

Rossiya Yevropa xavfsizligiga asosiy tahdid – Yevropa Ittifoqi

Yevropa Ittifoqining yangi mudofaa boʻyicha Oq kitobida Rossiya yaqin kelajakda Yevropa xavfsizligiga 'fundamental tahdid' boʻlib qolishi taʼkidlangan. Ushbu hujjat 2030-yilgacha Yevropa mudofaasining operativ tayyorgarligi boʻyicha tahlillarni oʻz ichiga oladi. Bu haqda DW nashri xabar berdi.Hujjatda Rossiya yadro qurollari borasida agressiv siyosat olib borayotgani, Belarusga yadroviy qurol joylashtirayotgani va boshqa avtoritar davlatlar bilan hamkorligini kuchaytirayotgani taʼkidlangan

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.

15 Apr 07:06
 
31
0
xs.uz

Tojikistonda sodir boʻlgan zilzila qancha talafot yetkazgani ochiqlandi

5-6 balli silkinishlar soat 09:24 da qayd etilgan. Zilzila epitsentri Dushanbe shahridan 160 kilometr shimoli-sharqda, Rashtdan 21 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dushanbeda 3 ballga yaqin yer silkinishi sezilgan.Maʼlumotlarga koʻra, 200 tadan ortiq qoʻshimcha binolar, jumladan, maktab, tibbiyot punktlari, choyxonalar vayron boʻlgan yoki shikastlangan. Rasht viloyatining oʻzida 40 ta turarjoy binosi vayron boʻlgan, yana 5 tasi qisman shikastlangan. Tojikobodda esa 54 ta uy toʻliq, 45 tasi