Nukus shahrida piyodalar harakati boʻyicha OAV ishtirokida reyd oʻtkazildi


Maʼlumotlarga qaraganda, Qoraqalpogʻiston Respublikasida avtomobillar soni joriy yilning 1 dekabr holatiga 197 ming 946 taga, shundan yengil avtomobillar soni 166 ming 511 taga yetgan. Albatta, avtomobillar koʻpayishi yaxshi. Ular xalqimizning turmush sharoitlarini yuksaltirishga, aholining uzogʻini yaqin qilishga xizmat qiladi.
Lekin, avtomobillar soni ortishi bilan yoʻl harakati qoidalarining buzilishi, natijada avariyalar ham koʻpayib borayotgani bor gap. Bu holatlarning sabablari tahlil qilinganida ularning koʻpchiligi piyodalarning harakatlari bilan bogʻliq ekanligi maʼlum boʻlmoqda.
Nukus shahrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida yoʻl transport hodisalarining oldin olish, ayniqsa, piyodalar ishtirokidagi qoidabuzarliklarni aniqlab, ularga yoʻl harakati qoidalarini tushuntirish yuzasidan reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir ishtirokchilari guruhlarga boʻlinib, Nukus shahrida piyodalar tomonidan yoʻl harakati qoidalari koʻproq buzilayotgan oʻrinlarda boʻlib, tadbir davomida piyodalarga tushuntirish va targʻibot tadbirlari olib bordilar.
Tadbir davomida Nukus shahridagi markaziy bozor oldidagi kesishmada piyodalarding yoʻldan bemalol oʻtishi uchun yoʻl osti va yoʻl ustidan ikkita oʻrinda piyodalar oʻtish joylari boʻlishiga qaramay, koʻplab piyodalar yoʻlning taqiqlangan qismidan kesib oʻtganiga guvoh boʻldik.
— Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy yilning 10 oyi davomida jami 367 yoʻl transport hodisasi yuz berdi, — deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasining Axborot guruhi katta inspektori, mayor Qalbay Muratov. — Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 25 taga kamayganini koʻrsatadi. Yoʻl transport hodisasi natijasida vafot etganlar soni esa, umumiy 75 nafarni tashkil qilib, bu ham 22 taga kamaygan. Lekin, yoʻl-transport hodisalarining sabablari va turlari boʻyicha tahlil qilganimizda, piyodalar bilan bogʻliq holatlar kamaymayapti. Masalan, piyodalarni avtomobillar urib yuborish jami 141 ta holatda yuz berib, bu bittaga koʻpaygan.
Bugungi reyd tadbirlarini ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida oʻtkazayotganimizning asosiy sababi ham piyodalar orasida yoʻl-qoidalarini kengroq targʻib qilishdir.
Nukus shahrida jurnalistlar ishtirokida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida yuzga yaqin holatda piyodalar tomonidan qoidabuzarliklar aniqlandi. Ularning koʻpchiligiga yoʻl harakati qoidalari tushuntirilgan boʻlsa, qoʻpol ravishda qoida buzgan piyodalarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash va qoidalarni tushuntirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari davom etmoqda.
Gʻayrat Otajonov, “Xalq soʻzi”.
Shahar va viloyatlarda odam tashish huquqi boʻyicha tender eʼlon qilindi
Ushbu tender Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-dekabrdagi 738-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda. Qarorga koʻra, avtomobil transportida yoʻlovchi tashish yoʻnalishlari boʻyicha tenderlar elektron shaklda tashkil etilishi belgilangan.Jarayon 15-may kuni soat 14:00 da start oladi. Takliflarni e-tender.uztrans.uz platformasi orqali taqdim qilish mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida toʻqimachilik klasteri bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 'WBM Romitex' klasterining Andijon shahrida qurilgan yangi korxonasi faoliyati bilan tanishdi.'WBM Fabrics' nomli ushbu korxona qayta ishlash zanjirining navbatdagi bosqichi. Umumiy qiymati 50 million dollarlik investitsiya loyihasi doirasida zamonaviy sanoat inshooti qurilib, Italiya va Germaniyadan yuqori texnologik uskunalar keltirib o'rnatildi. Matoni bo'yash va gul solish yo'lga qo'yildi. Korxona yiliga 24 ming tonna shunday xaridorgir mahsulot tayyorlash quvvat
O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqildi.Mamlakatimiz investitsiyaviy salohiyatini xalqaro maydonda yanada ilgari surish, O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayonini yakunlash bo'yicha amaliy choralar ko'rish, xorijdagi yetakchi ta'lim muassasalarida davlat xizmatchilarining malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.Bo'lajak O'zbekiston investitsiya salohiyati 'roud-shousi' va Toshkent xalqaro investitsiya forumini yetak
“Afrosiyob” poyezdlari harakati jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi
Oʻzgarishlar quyidagicha: