calendar 28 Nov 12:21
eye 109
comments 0
comments Manba: xs

“Ukraina Qoʻshma Shtatlarining 51-shtati emas” — AQSH Kongressida Ukrainadagi mojaroni moliyalashtirishni toʻxtatishga chaqirildi

image

Foto: AP

AQSH Ukrainadagi mojaroni moliyalashtirishni toʻxtatishi kerak. Xuddi shunday fikrlarni AQSH Vakillar palatasi aʼzosi Marjori Teylor Grin aytdi.

“Bizning chegaralarimiz — bu AQSH tarixidagi eng yomon milliy xavfsizlik inqirozida. AQSH chegaralari xavfsizligini Ukrainadagi yutqazilgan urushni moliyalashtirish bilan aralashtirmaslik kerak”, — deydi kongressmen.

Shu oʻrinda Grin Ukraina Amerika Qoʻshma Shtatlarining 51-shtati emasligini taʼkidladi va mamlakat chegaralari xavfsizligi va Kiyevni koʻp million dollarlik moliyalashtirish masalasini birlashtirishni oʻz ichiga olgan har qanday taklifni amerikaliklarning yuziga tarsaki, deb atadi.

Avvalroq, AQSH Kongressining ayrim aʼzolari Ukrainaga yordam koʻrsatish AQSH prezidentlik saylovlarigacha qoldirilgani haqida fikr bildirgan edi. Ularning fikricha, agar Kiyevga yordam paketini Rojdestvoga qadar kelishib boʻlmasa, u 2024-yil noyabrida boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlariga qoldirilishi mumkin.

Bungacha, NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg tashkilot Ukrainadagi jangovar harakatlarni kuchaytirishga tayyor boʻlishi kerakligini, shuning uchun Kiyevga harbiy yuklarni yetkazib berishni kuchaytirish kerakligini aytgandi.

Uning soʻzlariga koʻra, NATO jangovar harakatlar va yangi havo va raketa hujumlariga tayyor boʻlishi kerak. Bu NATOga aʼzo davlatlar uchun Kiyevga yordamni yanada kuchaytirish muhimligini anglatadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
55
0
xs.uz

Vengriya Xalqaro jinoiy sud tarkibidan chiqmoqda

Vengriya Xalqaro jinoiy sud (XJS)dan chiqadi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri maʼmuriyati rahbari Gergey Guyyash maʼlum qildi. Tegishli qaror mamlakat hukumati tomonidan qabul qilingan.Uning soʻzlariga koʻra, Vengriya konstitutsiyasi va xalqaro huquqiy bazaga muvofiq vakolatlarni tugatish tartibi 3-apreldan mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan boshlanadi.Shu yilning 3-aprel kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Vengriyaga kelgani maʼlum boʻldi. 2024-yilning 21-noyabrida Xalqaro jinoiy

18 Apr 11:08
 
29
0
xs.uz

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni sinovdan oʻtkazdi

Buyuk Britaniya yangi radiotoʻlqinli qurolni muvaffaqiyat sinovdan oʻtkazdi. Mamlakat Mudofaa vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, ushbu qurol dronlar toʻdasini bir zumda zararsizlantirishi mumkin.'Urush tabiati oʻzgarganda, bu qurollar dron tahdidlaridan himoyalanish imkoniyatiga ega', ' deyiladi vazirlik bayonotida. Qayd etilishicha, bu qurol yoʻnaltirilgan radiochastota energiya qurolining bir turi hisoblanadi.Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, radiotoʻlqinli qurollar sohasida tadqiq

15 Apr 07:06
 
34
0
xs.uz

AQSH Kongressida Trampga iqtisodiyotni oʻrganishi maslahat berildi

AQSH prezidenti Donald Tramp maʼmuriyati XXI asr iqtisodiyoti haqida tushunchaga ega emas. Bu haqda kaliforniyalik demokrat kongressmen Ro Xanna aytib oʻtdi.'Men ularda XIX asrning MakKinli (Uilyam MakKinli AQSHning 25-prezidenti ' tahr.) siyosati borligini tushunaman, lekin ular XXI asr iqtisodiyotini tushunish kerak', ' deydi siyosatchi.Shuningdek, u Oq uyning mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish tashabbusi allaqachon barbod boʻlayotganini taʼkidladi. Bunga misol sifatida Xanna Tramp

16 Apr 09:12
 
31
0
xs.uz

2024-yilda qurol-yarogʻ xaridi boʻyicha yetakchi davlatlarning nomi maʼlum qilindi

2024-yilda eng yirik qurol sotib oluvchi davlatlar reytingini Polsha, Ruminiya va Hindiston boshqargan. Bu haqda Jahon qurol savdosini tahlil qilish markazi xabar berdi.Markaz maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Polsha qurol-yarogʻ uchun 15,625 milliard dollar sarflagan, bu umumiy xaridlarning 12,8 foizini tashkil qilgan. Ruminiyaning xarajatlari 10,251 milliard (8,40 foiz), Hindistonniki esa 9,410 milliard dollarni (7,71 foiz) tashkil etdi.Reytingning yuqori oʻrinlaridan, shuningdek, Isroil