calendar 28 Sep 07:55
eye 75
comments 0
comments Manba: zarnews

Oylik olish vaqti bayramga to'g'ri kelsa, oylik qachon to'lanishi kerak?

image

Mustaqillik bayrami yaqinlashmoqda, bayramda necha kun dam olinishi, xodimlarga oylik qachon berilishi kerak?

1. Mustaqillik bayramida necha kun dam olinadi?

Mustaqillik bayrami arafasida barcha xodimlar 3 kun dam oladi, xususan:
– 1 sentyabr (juma) – Mustaqillik bayrami kuni (Mehnat kodeksi 208-moddasiga ko'ra ishlanmaydigan bayram);
– 2 sentyabr (shanba) – dam olish kuni (Prezident Farmoniga ko'ra 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo'shimcha dam olish kuni, hyech qayci kundan ko'chirilmagan);
– 3 sentyabr (yakshanba) – dam olish kuni (Mehnat kodeksi 208-moddasiga ko'ra umumiy dam olish kuni).

2. Oylik bayramdan keyin beriladimi?

Oylik (ish haqi) to'lanadigan kun dam olish kuniga yoki ishlanmaydigan bayram kuniga to'g'ri kelib qolganda ish haqi ushbu kunlar arafasida to'lanadi, yaʻni 1 sentyabrdan oldin to'lanishi kerak.

Oylik olish vaqti kechiktirilsa kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensatsiya to'lanishi kerak.
Markaziy bank stavkasi 14 foiz, shundan kelib chiqadigan bo'lsak oylikka nisbatan 1,4 foizda kompensatsiya berilishi kerak.

3. Bayramdan oldingi kunda xodimlar kamida 1 soat oldin ishdan ketishi mumkin.

Ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ish (smena)ning davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Agar ishni qisqartirish imkoni bo'lmasa (masalan, uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda) ortiqcha ishlaganlik uchun xodimga qo'shimcha dam olish vaqti beriladi yoki o'sha vaqt uchun 2 hissa haq to'lanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
35
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo

21 Apr 08:34
 
325
0
xs.uz

“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi

Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar

18 Apr 11:08
 
45
0
xs.uz

AQSH Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshladi

AQSH Qurolli kuchlarining Suriyadagi qoʻmondonligi Dayr-az-Zor viloyatidagi Koniko gaz koni hududidagi harbiy bazaga joylashtirilgan maxsus kuchlarni olib chiqishni boshladi. Bu haqda 'Sky News Arabia' telekanali xabar berdi.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, amerikalik harbiylar karvoni Suriya sharqida joylashgan obyektdan AQSHning yirik bazasi joylashgan Iroq Kurdistoni tomon yoʻl olgan.2015-2018-yillarda Suriyaning kurdlar nazorati ostidagi hududlarida AQSHning toʻqqizta harbiy bazasi va uc

16 Apr 09:12
 
30
0
xs.uz

YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit