"O'zgidromet" xabariga ko'ra, ushbu hafta davomida O'zbekiston hududi bo'yicha kuzning birinchi oyi uchun xos bo'lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati o'rtacha ko'p yillik qiymatlarga yaqin bo'ladi.
Haftaning birinchi yarmida respublika bo'yicha asosan kam bulutli ob-havo bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Haftaning ikkinchi yarmida havo bulutli bo'ladi, lekin hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ish haftasining eng oxirida - 29 sentyabr kuni baʻzi joylarda qisqa muddatli yomg'ir yog'adi.
Sharqdan o'rtacha shamol esadi. Kechalari va ertalabki soatlarda harorat 12-17 daraja atrofida nisbatan salqin bo'ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 25-30 darajagacha, baʻzi joylarda 32 darjagacha isitadi.
Tog'li hududlarda ayrim kunlarda biroz yomg'ir yog'ib o'tishi mumkin.
“100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
Ayni kunlarda Namangan viloyatida 64-Xalqaro gullar festivali boʻlib oʻtmoqda. 'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi vodiy viloyatlariga'qilgan xizmat safari chogʻida gullar shahrida oʻtkazilayotgan mazkur festivalda boʻldi.Joriy yilning 25-may kunidan 29-iyun kuniga qadar davom etishi rejalashtirilgan ushbu Xalqaro festivalda Namangan shahridagi bogʻ va xiyobonlar 100 milliondan ortiq gullar bilan bezatilib, mehmonlarga mutaxassislar ishtirokida mahorat saboqlari be
Oʻzbekiston Buyuk Britaniya bilan JST boʻyicha muzokaralarni yakunladi
Oʻzbekiston Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni yuzasidan Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Oʻrunov'maʼlum qildi.Oʻrunovning qayd etishicha, kelishuv oʻtgan oy oxirida Londonda boʻlib oʻtgan uchrashuv natijasi boʻlib, ichki tasdiqlash tartib-qoidalaridan oʻtgan. Uni imzolash 12-iyun kuni Jenevada Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishi boʻyicha ishchi guruhning 10-yigʻilishi d
Andijonda 100 ming dollar imtiyozli kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi
Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmat
Dollar kursi oshishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'22,74 soʻmga'oshdi va'12 857,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'10,55 soʻmga'koʻtarildi va'14 672,81 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'0,8 soʻmga'oshib,'163,45 soʻmni'tashkil etdi.