O’zbekiston delegatsiyasi II MDH o’yinlarida ilk oltin medalini qo’lga kiritdi!


Belarusda o’tkazilayotgan II MDH o’yinlaridan xushxabar. O’zbekiston delegatsiyasi dastlabki medaliga ega chiqdi.
Og’ir atletikachimiz Og’abek Nafasov -55 kg vazn toifasida kechgan bahsda eng yuqori natija ko’rsatib, oltin medalga sazovor bo’ldi.
Yurtdoshimiz dast ko’tarishda 110 kg, siltab ko’tarishda 130, ikki kurash hisobida esa 240 kg natija qayd etdi.
Samarqand davlat universitetida “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi
Samarqand davlat universitetida anʼanaviy 'Rektor kubogi' sport musobaqalari boshlandi. Mazkur bellashuvlar futbol, voleybol, kurash kabi ommabop sport turlarini oʻz ichiga olgan.Bugun 'Rektor kubogi' sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov, Samarqand viloyat hokimining yoshla
22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi
22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter
Los-Anjeles — 2028: Suzish bahslarida rekord darajadagi medallar o‘ynaladi
Erkin usulda suzish: 50, 100, 200, 400, 800, 1500 metr;Chalqancha: 50, 100 va 200 metr;Brass: 50, 100 va 200 metr;Batterflyay: 50, 100 va 200 metr;Kompleks: 200 va 400 (yakkalik);Estafetalar: 4x100, 4x200 metr (ikkalasi ham erkin) va 4x100 miks (kompleks);Marafon: 10 km.* Aralash estafetadan tashqari barcha dasturlar ham erkaklar, ham ayollar o'rtasida hisoblanadi;** Qoraytirilgan masofalar Olimpiya dasturiga yangi kiritilgan.
G'OLIBLAR TAQDIRLANDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar