Oʻzbekistonning Rotterdam konvensiyasiga qoʻshilishi qoʻllab-quvvatlanmoqda


4–7-iyul kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida Rotterdam konvensiyasini ratifikatsiya qilish boʻyicha mintaqaviy yigʻilish oʻtkazildi.
Tadbir xalqaro savdoda alohida xavfli kimyoviy moddalar va pestitsidlarga nisbatan dastlabki asoslangan rozilik protsedurasi toʻgʻrisidagi Rotterdam konvensiyasi Kotibiyati tomonidan Konvensiyaga qoʻshilmagan Ozarbayjon, Belarus, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikalari uchun tashkil etildi.
Mintaqaviy yigʻilishning maqsadi Ozarbayjon, Belarus, Tojikiston va Oʻzbekistonning Rotterdam konvensiyasiga qoʻshilish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash va bu borada mamlakatlarga amaliy yordam koʻrsatishdan iborat.
Mintaqaviy yigʻilishda Rotterdam konvensiyaning mazmun-mohiyati va unga qoʻshilishning afzalliklari hamda natijalari, Bazel, Rotterdam va Stokgolm konvensiyalariga muvofiq xavfli kimyoviy moddalar va chiqindilarning xalqaro savdosi ustidan nazorat qilishga oid masalalar hamda FAOning (FAO – BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti) mintaqada pestitsidlardan foydalanishni kamaytirishga qaratilgan faoliyati koʻrib chiqildi.
Yigʻilishda mamlakat vakillari, shu jumladan, Oʻzbekiston vakilining ham kimyoviy moddalarni tartibga solishning milliy tizimiga bagʻishlangan taqdimoti namoyish qilindi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari kimyoviy xavfsizlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, pestitsidlar va ulardan boʻshagan idishlar muomalasini nazorat qilish, eskirgan pestitsidlarni xavfsiz tarzda yoʻq qilish, xavfsizroq turlarini tatbiq etish masalalarga eʼtibor qaratishdi.
Taʼkidlash lozimki, Turkiya Respublikasida oʻsimliklarni himoya qilish vositalar zaxiralarining ishlab chiqaruvchilardan boshlab isteʼmolchiga qadar boʻlgan aylanmasini nazorat qilish uchun “Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari zaxiralarini nazorat qilish dasturi” (“Plant Protection Products Stock Tracking Program”) yaratildi. Bunda kimyoviy moddalarni import qiluvchi, ishlab chiqaruvchi, sotuvchi (ulgurji va chakana savdo) va yakuniy isteʼmolchidagi pestitsidlarning sifat va miqdoriy koʻrsatkichlari, shuningdek, ulardan boʻshagan idishlar toʻgʻrisida maʼlumot tizimda koʻrinadi.
Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchi va import qiluvchilar yaroqlilik muddati tugatilayotgan pestitsidlarni yigʻib olishga va utilizatsiya qilishga masʼuldir.
Maʼlumot uchun, Ozarbayjon Respublikasida eskirgan pestitsidlar muammosi hal etilishi uchun yaroqlilik muddati 6 oy qolgan preparatlarni import qilishga ruxsat etilmaydi.
Davlat xaridlarida kooperatsiya aloqalari uchun shaffof tizim yaratiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan 'Korporativ buyurtmachilarning tadbirkorlik subyektlari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish va ushbu jarayonda davlat xaridlarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi' nizom tasdiqlandi.Ushbu hujjat davlat xaridlarini amalga oshirish jarayonida tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi va bu jarayonni yaxlit hamda shaffof shaklda tashkil etishga qaratilgan.Nizomga koʻra, korporativ buyurtmachilar tadbirkorlik suby
Oʻzbekistonda necha nafar nogironligi boʻlgan shaxslar bor?
2025-yil I choragi yakuniga koʻra, Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar soni 1 million 31 ming 609 nafarni yoki Oʻzbekiston umumiy aholisining 2,7 foizini tashkil etmoqda. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi maʼlumot berdi.Bildirilishicha, nogironligi boʻlgan shaxslarning 173 ming 285 nafari 18 yoshgacha boʻlgan bolalarni, 94 ming 722 nafari ' I guruh, 695 ming 372 nafari ' II guruh hamda 67 ming 6 nafari ' III guruh nogironlari hisoblanadi.Shuningdek, nogironligi boʻlgan sh
Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o
Sahro javohiri
1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t