
Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Toshkent viloyatida davom ettirmoqda.
Uyma-uy yurib oʻrganishlar jarayonida aholidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Ularning asosiy qismi ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ish joylari bilan taʼminlash masalalariga oid boʻlmoqda.
Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, viloyat ichki yoʻllarining jami 107,0 km qismi taʼmirlandi. Shundan, 60,5 km yoʻlga shagʻal yotqizildi, 40,8 km yoʻl asfalt qilindi, 5,7 km yoʻl betonlashtirildi.
Murojaatlar asosida aholiga qoʻshimcha 175,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 173 ta temir beton tayanchlar oʻrnatildi, 33,8 km tarmoq yangidan tortildi. Jumladan, Oʻrtachirchiq tumani “Yoriq”, “Usmonota” mahallalarida 1,7 km tarmoq tortish ishlari bajarildi.
Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash maqsadida 26,4 km tarmoq tortildi, 12 ta suv nasosi, 1 ta suv hovuzi oʻrnatildi, 17 ta suv quvuridagi nosozliklar taʼmirlandi, 1 ta quduq qazish ishlari, 4 ta suv minorasi qurish ishlari yakunlandi. Jumladan, Piskent tumani “Saidovul Baxt” mahallasida 2,1 km tarmoq tortish, 1 ta suv inshooti qurish ishlari yakunlandi.
Internet aloqasini yaxshilash uchun jami 63,2 km uzunlikda optik tola aloqa tarmogʻi tortildi va 650 nafar xonadon internet xizmatiga ulandi.
Ijtimoiy himoya sohasi ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi. Xususan, Bekobod, Oqqoʻrgʻon, Zangiota, Yangiyoʻl tumanlari, Yangiyoʻl shahrida oʻtkazilgan tibbiy koʻriklar natijasida 2 847 nafar fuqarolar qamrab olindi, 1 700 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan boʻlib, 51 nafari shifoxonalarga yotqizildi. Yuqori texnologik operatsiyalarga muxtoj 1 nafar bemorga respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida davolanish uchun order berildi. Oilaviy poliklinikalarda 344 nafar bemorlarga bepul dori-darmon tarqatildi. 41 nafar ehtiyojmand fuqarolarga reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari yetkazib berildi.
Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 4 649 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga jami 176 mlrd. soʻm kredit ajratildi. Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 1 482 nafar fuqaroga 33,5 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi.
Jami 2 084 nafar fuqaroning bandligiga koʻmaklashildi. Shundan,
665 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 695 nafar fuqarolar kasb-hunarga yoʻnaltirildi, 724 nafar fuqarolar haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.
Tadbirkorlik va oʻzini oʻzi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi boʻlgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 42 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻlgan 276,9 mln. soʻmlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi. Shuningdek, Chirchiq shahrida 47 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak boʻladigan asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilish jarayonida.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Sahovat va koʻmak” jamgʻarmasidan “Temir daftar” roʻyxatidagi 1 129 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 2,9 mlrd. soʻmlik moddiy yordam (maishiy texnika, kiyim-bosh, pul mablagʻi va boshqa) koʻrsatildi.
“Yoshlar daftari” roʻyxatidagi 160 nafar fuqarolarga 1,0 mlrd. soʻmlik yordam koʻrsatildi. Shundan, 56 nafar fuqaroga 392 mln. soʻmlik kontrakt toʻlovi, 42 nafar fuqaroga 50 mln. soʻmlik moddiy yordam koʻrsatildi, 38 nafar fuqaroga mehnat qurollari olishga 456 mln. soʻmlik hamda safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmat uchun 24 nafar fuqaroga 148 mln. soʻmlik koʻmak berildi.
Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tomonidan 60 nafar kam taʼminlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlanib, amaliy yordam koʻrsatildi. Jumladan, Yangiyoʻl tumani “Umid” mahallasida yashovchi U.Aliboyevaning yolgʻiz onaligi, boquvchisi yoʻqligi bois 3 nafar farzandini oʻzi tarbiyalab kelayotganligi sababli bolalar nafaqasi tayinlandi.
Ishlar davom etmoqda.
Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yigʻilishida masofadan ishtirok etish tartibi yangilanadi
Bu nizom aksiyadorlik jamiyatlari hamda masʼuliyati cheklangan jamiyatlar uchun moʻljallangan boʻlib, raqamli imkoniyatlar orqali ishtirokni yanada osonlashtirishga qaratilgan.Nizomda jamiyatlar tomonidan yigʻilish haqidagi xabarda masofaviy ishtirok etish va ovoz berish tartibi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar keltirilishi shartligi belgilangan. Jumladan, yigʻilishda foydalaniladigan onlayn platforma nomi, unga kirish havolasi, identifikatsiyadan oʻtish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar
Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant
Xorijiy hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bayrami munosabati bilan samimiy tabriklamoqda
Xorijiy hamkorlar oʻz maktublarida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, barqaror rivojlanish, doʻstlik, totuvlik va yaxshi qoʻshnichilik muhitini yuqori baholamoqda. Tinchliksevar va pragmatik tashqi siyosat tufayli Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotgani alohida taʼkidlanib, Yangi Oʻzbekistonga ravnaq tilaklari izhor etilgan.Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.Navr
22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
'Oʻzgidromet' 22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini'maʼlum qildi.Toshkent'shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.Buxoro'va'Nav