calendar 02 Jun 13:52
eye 66
comments 0
comments Manba: zarnews

Jomboylik tadbirkor qo'shni davlatlarga 300 ming dollarlik mahsulot sotadi

image

Jomboy tumanidagi "Sof Expo Samarkand" ko'rgazmalar majmuasida boshlangan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi va Samarqand sanoatchilari Forumida 300 dan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar 1 700 ortiq mahsulot turlari bilan ishtirok etmoqda.

Ko'rgazma doirasida yoshlarning startaplari va ilmiy ishlanmalari namoyishlari ham tashkil qilingan.

Shuningdek, "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi tadbirkorlikni kengaytirish uchun yangi hududlardagi yer maydonlari bo'yicha axborotlar, bojxona boshqarmasi import qilinayotgan va mahalliylashtirish imkoni bo'lgan mahsulot, xomashyo va materiallar ro'yxati va namunalarini namoyish etmoqda.

Bu galgi ko'rgazmada yirik va yangi tashkil etilgan, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar ham o'z mahsulotlarini namoyish etmoqda.

- Faoliyatimizni 2019 yilda avtomobil to'shamalari ishlab chiqarishdan boshlaganmiz, - deydi Jomboy tumanidagi "EURO MATS" masʻuliyati cheklangan jamiyati rahbari Muhammadjon Alimov. – Joriy yildan esa Xitoy va Rossiyadan zamonaviy uskunalar keltirib avval import qilingan "Eva" xomashyosini korxonamizda ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydik. Bu loyiha hozircha MDH davlatlari orasida birinchisi bo'lib turibdi. Xomashyoni tayyorlash uchun Xitoy, Tayvan, Janubiy Koreyadan kukun holida mahsulotni keltirib, yarim tayyor holida xomashyo tayyorlaymiz. Loyihani ishga tushirish orqali 50 ta doimiy, 40 ta mavsumiy ish o'rni yaratildi. Shu oyda Qozog'iston va tojikistonlik ishbilarmonlar bilan mahsulot eksporti borasida 300 ming dollarlik shartnoma imzoladik.

Eslatib o'tamiz, sanoat yarmarkasi va Samarqand sanoatchilari Forumi bugun, 31 may kuni ham o'z ishini davom ettirmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
41
0
xs.uz

“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi

Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac

15 Apr 07:06
 
36
0
xs.uz

Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi

Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo

15 Apr 07:06
 
47
0
xs.uz

“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?

Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu

12 Apr 21:15
 
44
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.