OTB Chimkent-Toshkent-Xoʻjand iqtisodiy koridorini rivojlantirish maqsadida tajriba almashinuviga koʻmaklashadi


Joriy yilning 15-19-may kunlari Batumi shahrida (Gruziya) OTB va Gruziya hukumati tomonidan Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Tojikiston bojxona va transport tuzilmalari vakillari uchun Chimkent-Toshkent-Xoʻjand iqtisodiy koridorini rivojlantirish maqsadida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan oʻquv dasturi tashkil etildi.
Tadbirda chegaralarni kesib oʻtish tartibini soddalashtirish va oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash uchun xalqaro standartlarni qoʻllash boʻyicha tajriba almashildi. Dastur doirasida ishtirokchilar Gruziya va Turkiya oʻrtasida joylashgan Sarp-Sarpi chegara oʻtish punkti va Adjara mintaqasidagi quritilgan mevalarni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurishdi. Oʻquv dasturi ishtirokchilariga bogʻdorchilik mahsulotlarini qayta ishlashda xalqaro standartlarni qoʻllagan holda yuk va yoʻlovchilar oqimi uchun chegarani kesib oʻtish tartib-qoidalarini soddalashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar berildi.
Qarshida 585 quti noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosining oldi olindi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shaharida 105 million soʻmlik noqonuniy tamaki mahsulotlarining savdoga chiqarilishi oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.T. 'Epica' rusumli avtomashinasida fuqaro R.K.ning tegishli xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga
Prezident Andijonda taʼziyali xonadonga kirib oʻtdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buloqboshi tumanida yigʻilish oʻtkazganidan soʻng yoʻlda keta turib, taʼziyali xonadonga koʻzi tushdi.Bu xonadonda oilaning tabarruk onaxoni ' Mamlakatxon aya Davronovaning vafot etgani munosabati bilan marosim boʻlayotgan edi.Davlat rahbari taʼziyada qatnashib, xonadon egalaridan koʻngil soʻradi, chuqur hamdardligini bildirib, sabr-toqat va bardosh tiladi.
Diqqat: Endi avtomobillar bilan bogʻliq qoidabuzarliklar “Road 24” ilovasi orqali tekshirilmaydi
Endilikda haydovchilar shaxsiy avtotransport vositalari bilan bogʻliq maʼlumotlarni 'Road 24' mobil ilovasi orqali bila olmaydilar. Bu haqida YHXX axborot xizmati boshligʻi Zoyir Yoʻldoshov maʼlum qildi.Bildirilishicha, 'Road 24' mobil ilovasi hamda YHXX oʻrtasidagi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar toʻgʻrisida maʼlumot almashinuvi batamom toʻxtatilgan.Shuningdek, endilikda haydovchilardan 'Safe Road YHXX' ilovasini yuklab olish orqali shaxsiy avtomobili
Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant