calendar 26 May 16:22
eye 54
comments 0
comments Manba: xs

Toshkentda submintaqaviy tuproq hamkorligi masalalari muhokama qilindi

image

Foto: “Xalq soʻzi”

Global tuproq hamkorligi (GSP), Submintaqaviy Yevrosiyo tuproq hamkorligi (EASP) va BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi birgalikda tuproq resurslarini barqaror boshqarishni yanada rivojlantirish maqsadida Toshkentda EASPning oltinchi yalpi majlisini tashkil etdi.

Uning maqsadi Yevrosiyo mamlakatlarida yerdan barqaror foydalanish va resurslarni boshqarishni ragʻbatlantirish boʻyicha EASP faoliyatini qayta tiklash, shuningdek, mintaqadagi tegishli ustuvor yoʻnalishlarni aniqlash hisoblanadi. Tadbirda Yevroosiyodagi 12 ta mamlakat vakillari imkoniyat va istiqbollarni, shuningdek, mintaqada tuproq resurslarini barqaror boshqarish boʻyicha ilgʻor tajribalarni joriy etish yoʻlidagi mavjud toʻsiqlarni muhokama qildilar. Bundan tashqari, aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash va bilim almashish chora-tadbirlari toʻgʻrisida kelishib oldilar. Yevroosiyo tuproq hamkorligi majburiyatlari oʻz ichiga olgan Toshkent Kommyunikesi qabul qilindi.

Yalpi majlisda Submintaqaviy Yevroosiyo tuproq hamkorligining yangi ish rejasi muhokama qilindi va oʻzaro kelishildi, yangi rais va rais oʻrinbosari saylandi. Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Yer resurslarini boshqarish qoʻmitasi raisi va mamlakatning Global tuproq sherikligi boʻyicha koordinatori Murat Temirjanov yangi rais etib saylandi. Belarus Davlat universitetining Tuproqshunoslik va geoinformatsiya tizimlari kafedrasi mudiri va Global tuproq hamkorligi Milliy koordinatori Aleksandr Chervan rais oʻrinbosari boʻldi.

— Men barcha masʼul xodimlarga Submintaqaviy Yevroosiyo tuproq sherikligining oltinchi yalpi majlisida faol ishtirok etgani uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Bu juda samarali uchrashuv boʻldi va men boshqaruv vakillari yangilanganidan xursandman, — deydi Yevroosiyo tuproq hamkorligi koordinatori Nataliya Rodriges Euxenio. — Endi biz yangi ish rejasini muvaffaqiyatli amalga oshirish va mintaqadagi oziq-ovqat xavfsizligi va tuproqlarimiz salomatligiga tahdid soladigan asosiy ekologik muammolarni hal qilish uchun birgalikda harakat qilishimiz va har qachongidan ham koʻproq birlashishimiz kerak.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Apr 06:18
 
28
0
xs.uz

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 'Isuzu' rusumlik yuk mashinasi yonib ketdi. Viloyat FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:15 da Oqdaryo tumani 'Kumushkent' MFYdan oʻtuvchi M-39 'Samarqand-Qarshi' avtomagistral yoʻlining 19-kilometrida sodir boʻlgan.Viloyat FVBga kelib tushgan xabarga'koʻra,'voqea'joyiga'2'ta'Yongʻin-qutqaruv'ekipaji'soat'14:22'da'yetib'borib, 8'daqiqa'ichida'yongʻinni'bartaraf'qilgan.Aniqlanishicha, 'Isuzu FV-10000' r

20 Mar 12:53
 
42
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal

20 Mar 12:53
 
47
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

21 Apr 08:33
 
19
0
xs.uz

Fargʻonada 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi

Fargʻona shahrida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 19-aprel kuni soat 22:00 da Fargʻona shahar Madadkor hamda Madaniyat mahallalari kesishmasidagi kichik halqa yoʻli yonida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilishi kuzatilgan.Buning ortidan Madadkor, Yangisoy, Toʻqimachilar, M.Ulugʻbek hamda Yoshlar MFY hududlari avariya bartaraf etilguniga qadar ichimlik suvi