calendar 28 Jan 06:21
eye 30
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston fuqarolari endi ikki davlatga ID-karta orqali oʻtishlari mumkin boʻladi

image

Foto: Illustrativ foto

Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi davomida 2006-yil 3-oktyabrda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirgʻiziston Respublikasi Hukumati oʻrtasida imzolangan fuqarolarning oʻzaro borib-kelishlari toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma ham almashinildi

Unga koʻra, endilikda Oʻzbekistonning barcha fuqarolari Qirgʻizistonga, xuddi shunday Qirgʻiziston fuqarolari Oʻzbekistonga ID-karta orqali kirishlari mumkin boʻladi (ilgari faqat xorijga chiqish pasporti bilan mumkin edi).

Fuqarolarning chegaradan kirish-chiqishi haqidagi maʼlumotlar elektron tarzda qayd etiladi, pasportga shtamp bosishga hojat qolmaydi.

Ushbu yengillik istalgan transport orqali (samolyot, poyezd, avtomobil, avtobus va hk) chegarani kesib oʻtishda amal qiladi.

Mazkur tartib imzolangan hujjatlar ikkala davlat tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan soʻng kuchga kiradi. Bu taxminan 1-2 oy vaqt olishini maʼlum qilishmoqda.

Ushbu tartib ayniqsa Oʻzbekistonning eksklav hududlari boʻlgan Soʻx, Shohimardon, Choʻngʻara kabi hududlaridagi yurtdoshlarimiz uchun katta yengillik boʻladi, ularning chegaradan oʻtishlaridagi ortiqcha byurokratiyaga chek qoʻyadi.

Eslatib oʻtamiz, bugungi kungacha hali birorta davlat bilan ID-karta orqali oʻzaro borib-kelish tartibi yoʻlga qoʻyilmagan edi. Qirgʻiziston birinchisi boʻldi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
29
0
xs.uz

Toshkentda 25 yoshli qizning yonidan narkotik topildi

Toshkent shahrida 25 yoshli qizning yonidan narkotik modda topildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.Qayd etilishicha, Yashnobod tumaniga xizmatga jalb qilingan Toshkent shahar IIBB YHXB YPXB 1-batalyon YPX inspektorlari tomonidan 'Monza' rusumli avtomashina toʻxtatilib, tekshirilganda haydovchi 37 yoshli D.E. hamda yoʻlovchilari 24 yoshli A.A. va 25 yoshli K.E.larning koʻrinishi va xatti-harakatlari xodimlarda shubha uygʻotgan.Xolislar ishtiro

26 Jul 10:20
 
27
0
qalampir.uz

10 yoshli qizini sotmoqchi bo‘lgan ona qamaldi

Toshkent viloyatida farzandini 2 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ona 8 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, holat 2024 yil 29 mart kuni Qibray tumanida sodir bo‘lgan. 1989 yilda tug‘ilgan Z.A.ning 13 yoshli o‘g‘li va 10 yoshli qizi bo‘lgan. Turmushidan ajralgan ayol ijara asosida Chirchiq shahrida yashab kelgan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda ayol uyida 2014 yilda tug‘ilgan qiz farzandini 2 ming AQSH dollariga sotishga ke

26 Jul 10:21
 
29
0
xs.uz

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali'muloqot qildi.Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik va farovonlik, qardosh Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.Oʻzbekiston bilan Turkmaniston oʻrtasidagi koʻp qirrali, doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik

15 Jul 12:03
 
70
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Trampga hujumni qoraladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidentligiga nomzod Respublikachi Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga munosabat bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. “Prezident Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlarining sobiq Prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi. Davlatimiz rahbari ushbu zo‘ravonlik h