calendar 27 Jan 07:20
eye 68
comments 0
comments Manba: xs

Ayrim taʼlim yoʻnalishlarida toʻlov-kontrakt asosida qoʻshimcha 200 nafargacha har yillik kvota ajratiladi

image

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi Umid Nurullayev maʼlum qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 20-yanvar kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 10-sonli qarorining asosiy jihatlari va qaror bilan Ichki ishlar vazirligi oʻquv muassasalarida taʼlim sifatini oshirish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida amalga oshirilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtamiz.

Qaror bilan 4 ta ilova tasdiqlangan boʻlib,

1-ilovada Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi

2-ilovada Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi nizom

3-ilovada Ichki ishlar organlarida kadrlar salohiyati darajasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar yoʻl xaritasi

4-ilova bilan esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qaror bilan ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish tartibi soddalashtirildi;

Murabbiylik instituti takomillashtirildi;

Xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlarni majburiy oʻqitish tatibi joriy etildi;

IIV Akademiyasiga va ixtisoslashtirilgan maktab internatiga qabul paramertrlari oshirildi;

Jamoatchilik kengashlari tuzilishi belgilandi.

Endi, taʼlim yoʻnalishidagi oʻzgarishlarning ayrimlariga toʻxtalib oʻtamiz:

2023-yil 1-sentyabrdan boshlab huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl-patrul va patrul-post xizmati boʻlinmalari xodimlarini “Fuqarolar bilan ishlash moduli” boʻyicha uzluksiz oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻyish orqali ularning sohada samarali xizmat olib borishdagi shaxsiy masʼuliyati oshiriladi.

Bunda, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida davomiyligi 144 soatdan kam boʻlmagan dastur asosida xodimlar har uch yilda bir marta oʻqitilib, maxsus sinovdan oʻtkaziladi hamda sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga kelgusida ushbu sohada xizmat qilish huquqini taʼminlaydigan sertifikat beriladi.

ichki ishlar organlariga xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlar Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida uch oylik boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganidan soʻng tegishli lavozimga tayinlanadi va dastlabki sinov muddati bir yil etib belgilandi;

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga – oʻquv-tayyorlov markazlarini tashkil etgan holda, ish vaqtidan tashqari paytda akademik litsey oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchi va fuqarolar uchun ixtiyoriylik asosida qoʻshimcha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha pulli taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqi berildi;

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarining fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD), shuningdek, fan doktori yoxud fan doktori (DSc) ilmiy darajalariga, professor yoki dotsent ilmiy unvonlariga ega boʻlgan kafedra boshliqlari mehnatga haq toʻlash shartlariga koʻra, oliy taʼlim muassasasining kafedra boshligʻi (mudiri)ga tenglashtiriladi;

hududiy ichki ishlar organlari ehtiyojini inobatga olib, Ichki ishlar vazirligining akademik litseylari bitiruvchilari uchun Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida bakalavriatning “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati” va “Tezkor-qidiruv faoliyati” taʼlim yoʻnalishlariga, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishni nazarda tutgan holda, 200 nafargacha qoʻshimcha har yillik qabul kvotasini kiritish;

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasiga – ichki ishlar organlari taʼlim va oʻquv muassasalarining pedagog kadrlarini, shu jumladan shartnoma asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish huquqi berildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Apr 06:18
 
28
0
xs.uz

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 'Isuzu' rusumlik yuk mashinasi yonib ketdi. Viloyat FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:15 da Oqdaryo tumani 'Kumushkent' MFYdan oʻtuvchi M-39 'Samarqand-Qarshi' avtomagistral yoʻlining 19-kilometrida sodir boʻlgan.Viloyat FVBga kelib tushgan xabarga'koʻra,'voqea'joyiga'2'ta'Yongʻin-qutqaruv'ekipaji'soat'14:22'da'yetib'borib, 8'daqiqa'ichida'yongʻinni'bartaraf'qilgan.Aniqlanishicha, 'Isuzu FV-10000' r

20 Mar 12:53
 
43
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal

20 Mar 12:53
 
47
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

21 Apr 08:33
 
19
0
xs.uz

Fargʻonada 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi

Fargʻona shahrida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 19-aprel kuni soat 22:00 da Fargʻona shahar Madadkor hamda Madaniyat mahallalari kesishmasidagi kichik halqa yoʻli yonida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilishi kuzatilgan.Buning ortidan Madadkor, Yangisoy, Toʻqimachilar, M.Ulugʻbek hamda Yoshlar MFY hududlari avariya bartaraf etilguniga qadar ichimlik suvi