calendar 07 Jan 15:51
eye 64
comments 0
comments Manba: zarnews

8 dekabr - Prokuratura organlari xodimlari kuni: Tadbirkorlar huquqi prokuratura himoyasida

image

Amir Temurning «Tajribamdan ko'rilgankim, azmi qatʻiy, tadbirkor, hushyor, mard va shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir», degan so'zlari hamma zamonlarda ham bir xil qimmatga ega bo'lgan. Ajdodlarimiz tadbirkorni jamiyatning eng ilg'or, tadbirli, ishning ko'zini biluvchi, dono va komil aʻzolari sifatida bilib, qadrlab kelganlari bejiz emas.

Bugun ham mamlakatimizda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishga juda katta eʻtibor qaratilmoqda. Shunga mos qonunchilik, huquqiy asos yaratilmoqda. Mazkur qonunlar ijrosini taʻminlash, tadbirkorlik subʻyektlarining qonuniy manfaatlarini himoya qilish prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Jumladan, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida haftaning dushanba kuni muntazam o'tkaziladigan tadbirkorlar qabulida viloyat prokurori ham ishtirok etib, tadbirkorlik subʻyektlari faoliyatida uchrayotgan muammolarga yechim topishga yordam bermoqda. Shuningdek, tuman va shahar prokuraturalari tomonidan 2022 yilda joylarda 470 ta sayyor uchrashuv o'tkazilib, 3130 ta murojaat joyida hal qilindi.

Murojaatlarni ko'rib chiqish jarayonida tadbirkorlarning 723 nafariga kredit olishda, 38 nafariga 43,9 gektar yer maydoni berishda, 30 nafariga bino ajratishda yordam berildi. Bundan tashqari, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, litsenziya va ruxsatnoma rasmiylashtirish masalalari bilan bog'liq murojaatlar ijobiy hal etildi.

Amalga oshirilgan tadbirlar va tushuntirish ishlari natijasida prokurorlar ko'magida 1307 ta yangi tadbirkorlik subʻyektlari tashkil etilib, 1094 tasining faoliyati qayta tiklandi va 1770 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi taʻminlandi.

Misol uchun, Jomboy tumanida faoliyat ko'rsatuvchi «Anisa Fayz» MChJ parrandachilikni rivojlantirish faoliyatida aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 1 milliard 300 million so'm, Ishtixon tumanidagi «Alpomiш sara toшlari" MChJga beton va temirbeton plita mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalari xarid qilish uchun 3 milliard 500 million so'm kredit ajratishda yordam berildi.

Viloyat prokurorining sohaviy o'rinbosari tomonidan strategik ahamiyatga ega bo'lgan loyiha tashabbuskorlari, eksportyor korxona rahbarlari va boshqa tadbirkorlik subʻyektlari vakillari bilan joyiga chiqqan holda uchrashuvlar o'tkazilib, ularning muammo va takliflari o'rganildi.

Jumladan, "Urgut" erkin iqtisodiy zonada faoliyat olib boruvchi "URG-TAJ" MChJ rahbari F.Ahmadjonov tomonidan soliq qarzdorligi to'liq to'langan bo'lsa-da, Majburiy ijro byurosi Urgut tumani bo'limi tomonidan jamiyat hisob-raqamiga solingan band yechilmayotganligidan norozi bo'lib yo'llagan murojaati o'rganib chiqildi va tadbirkorning huquqi tiklandi.

Bundan tashqari, o'tkazilgan nazorat tadbirlarida tadbirkorlarning huquqlari buzilishi bilan bog'liq holatlar aniqlanib, bu kamchiliklar bartaraf etildi. Jumladan, "Kattaqo'rg'on naslli chorva" MChJ rahbari M.Hamdamovning 2022 yil 11 yanvardagi "Qoradaryo" elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan noqonuniy qarzdorlik hisoblanganligi haqidagi murojaati Kattaqo'rg'on tuman prokuraturasi tomonidan ko'rib chiqilib, asossiz qarzdorlik olib tashlandi.

O'tgan yil viloyatimiz tadbirkorlari tomonidan 380,1 million dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilishi, 244,0 million dollar to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiya o'zlashtirilishida ham prokuratura organlarining munosib hissasi bor.

Tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash borasidagi bu kabi ishlar joriy yilda ham davom etadi.

Xondamir Mardiyev,
viloyat prokurorining katta yordamchisi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
35
0
xs.uz

Chet elliklar Oʻzbekistonga qanday maqsadlar bilan tashrif buyurmoqda?

Unga koʻra, yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda yurtimizga kelishgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga koʻproq.Xorijliklarning 461 277 nafari qarindoshlarini yoʻqlash, 88 336 nafari xizmat yuzasidan, 75 392 nafari sayyohlik maqsadida, 41 196 nafari tijorat uchun, 8 966 nafari davolanish uchun boʻlsa, 3 508 nafari oʻqish maqsadlari bilan Oʻzbekistonga kelishgan.

15 Apr 07:06
 
36
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,77 soʻmga'tushdi va'12 969,56 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'10,96 soʻmga'pastlab,'14 768,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,58 soʻmga'oshdi va'157,09 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
60
0
postda.uz

NAVBAHORDA TARG‘IBOT TADBIRLARI

Navbahor tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Mutassaddilar tumanning “Mehnat” mahallasida issiqxona tashkil etilgan xonadonlarda bo‘lishdi. Jumladan, Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i, podpolkovnik F. Usmonov aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bahorgi mavsumda daraxt ko‘chatlari va ozuqabop ekinlarni ekish, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha shart-sharoitlari bilan tanishd

12 Apr 21:15
 
27
0
xs.uz

Dollar kursi biroz pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'4,93 soʻmga'tushdi va'12 968,38 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'14,01 soʻmga'koʻtarilib,'14 343,03 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,18 soʻmga'oshdi va'152,37 soʻmni'tashkil qildi.