calendar 15 Dec 14:32
eye 53
comments 0
comments Manba: qalampir

Fleshka va xardlardan voz kechamizmi? Yangi texnologiya yaratilmoqda

image
image
-

Catalog Teчnologies kompaniyasi DNKga asoslangan axborotni saqlash tizimlarini ishlab chiqarishda tarixiy yutuqqa erishdi. Bu haqda "3dnews" nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kompaniya DNKga shifrlangan maʻlumotlarni parallel tarzda tez qidirish usulini yaratgan. Maʻlumki, DNK bilan ishlash ko'p vaqt talab qiladi, ammo Catalog Teчnologies bu jarayonni tezlashtirish yo'lini topdi. Kelajakda bu zamonaviy analoglardan bir necha barobar ustun bo'lgan axborot tashuvchilarning paydo bo'lishiga olib kelishi prognoz qilinmoqda.

DNKga qanday qilib maʻlumot yozsa bo'ladi?

Catalog Teчnologies kompaniyasi sintetik aminokislotalar yordamida maʻlumotlarni yozish va o'qish tizimini yaratish ustida ishlamoqda. Takidlanishicha, bunday tizimlar maʻlumotlarni kodlash razryadini ikki, uch yoki undan ham ko'proq marta oshirishi mumkin. Bu degani kelajakda hozirgi qattiq disk va fleshkalar o'rnini DNKga asoslangan axborot tashuvchilari egallashini bildiradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bir gramm DNK eritmasida 200 Petabaytgacha (1 petabayt=1024 terabayt) maʻlumot saqlanishi mumkin bo'ladi.

Hozirda Catalog Teчnologies loyihani amalga oshirish uchun tajribalar o'tkazmoqda. Masalan, oxirgi tajribada Шannon tizimi yordamida bir necha daqiqada Shekspirning "Gamlet" asarining 17 000 so'zli qismi DNKga shifrlandi. Keyin ushbu saqlangan maʻlumotlar bo'yicha kalit so'zlarni qidirish amalga oshirildi va bu ham muvofaqqiyatli yakunlandi.

"Ushbu tarixiy va o'zgaruvchan yutuq DNK asosidagi hisoblashni haqiqatga aylantirishga yordam bergan hamkorlarimiz bilan ko'p yillik ishlarimizga asoslangan", deydi kompaniya asoschisi va bosh direktori Xyunjun Park.

Maʻlumot o'rnida, Catalog Teчnologies 2023 yilning o'rtalariga qadar 100 milliondan ortiq so'zni o'z ichiga olgan maʻlumotlar to'plamida ushbu tajribani namoyish sinab ko'rmoqchiligini eʻlon qilgan.

Alibek Beyjanov


Doʻstlaringiz bilan ulashing