calendar 15 Dec 13:32
eye 38
comments 0
comments Manba: qalampir

Tesla aktsiyalarining narxi tushdi

image
image

Tesla aktsiyalari narxi kecha, 14 dekabr kuni ikki yillik eng past darajaga tushib ketdi. Bu haqda "3dnews" nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Tesla aktsiyalari narxi joriy yil boshiga nisbatan 60% ga arzonlagan. Bunga bir qancha omillar sabab bo'lgan. Xususan, sarmoyadorlar kompaniya rahbari Twitter’ga haddan tashqari eʻtibor qaratayotgani va buning natijasida Tesla qarovsiz qolayotganidan norozi bo'lmoqda. Shuningdek, Ilon Mask o'ziga tegishli bo'lgan taxminan 3,6 milliard dollarlik aktsiyalarni sotganidan so'ng narxlar 12%ga arzonlagani ham sarmoyadorlar noroziligini oshirdi. 

"Ilon Tesla’dan voz kechdi va Tesla’ning ishlaydigan bosh direktori yo'q. Bizga Tim Kuk kabi ishlash intizomini kuzatadigan rahbar kerak, Ilonga o'xshagan emas", deydi Tesla’ning uchinchi yirik xususiy aktsiyadori Leo Koguan.

Ko'plab tahlilchilar ham Maskning Twitter egasi sifatidagi xatti-harakatlari Tesla kompaniyasiga qimmatga tushishini aytmoqda. Taʻkidlanishicha, Maskning bahsli harakatlari Tesla imidjiga salbiy taʻsir ko'rsatishi mumkin. Shuningdek, Goldman Saчs investitsion banki vakillari ham Tesla aktsiyalarini 305 dollardan 235 dollargacha pasayishini prognoz qilgan. Ularning xulosasiga ko'ra, makroiqtisodiy qiyinchiliklar sharoitida elektromobillarga talabning kamayishi ushbu qimmatli qog'ozlar narxining ham tushishiga olib keladi.

Alibek Beyjanov


Doʻstlaringiz bilan ulashing