calendar 05 Dec 10:20
eye 46
comments 0
comments Manba: xs

Futbol boʻyicha jahon chempionati ortidan minglab soxta veb-saytlar ishga tushgan

image

Foto: Illustrativ foto

“Group-IB” kompaniyasi tahlilchilari maʼlumotiga koʻra, Qatardagi jahon chempionati oʻyinlari ortidan internet tarmoqlarida 16.000 dan ortiq soxta veb-sahifalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

Soxta veb-sahifalarda asosan futbol muxlislariga Qatardagi jahon chempionati oʻyinlariga chiptalar, “FIFA 2022” rasmiy ramzlari tushirilgan kiyim-kechak va esdalik sovgʻalari reklama qilingan.

Shuningdek, muxlislarga jahon chempionati oʻyinlarini onlayn translyatsiya qilib berish taklifidagi soxta veb-sahifalar orqali foydalanuvchilarning bank kartalari maʼlumotlari va kripto-aktivlari qoʻlga kiritilgan.

“Group-IB” kompaniyasi bu maʼlumotlarni Interpol va Qatardagi (Q-CERT) kiberjinoyatlarga qarshi kurashuvchi tezkor guruhiga taqdim etgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 09:17
 
68
0
qalampir.uz

YeI Rossiya aktivlaridan tushgan foydani ilk marta Ukrainaga berdi

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan tushgan foydani birinchi marta Kiyevga o‘tkazib berdi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.  Qayd etilishicha, aktivlaridan tushgan 1,5 milliard yevro miqdordagi foyda Ukrainani mudofaa va rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi. YeI rahbarining ta’kidlashicha, buning uchun Moskvaning pullaridan foydalanish eng yaxshi variant

17 Jul 19:58
 
86
0
qalampir.uz

Ukraina Rossiyaning to‘rtta viloyatiga dron bilan hujum qildi

Bugun, 17 iyulga o‘tar kechasi Ukraina Rossiya hududiga dronlar yordamida yana hujum qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.  Tunda havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning beshta dronini – Bryansk viloyatida ikkita, Voronej viloyatida ikkita va Belgorod viloyatida yana bitta dronni urib tushirgan. Bryansk viloyati gubernatori Aleksandr Bogomazning ma’lum qilishicha, viloyatning Suraj tumanida ikkita dron yo‘q qilingan, qurbonlar va vayronalar yo‘q.&n

27 Jul 12:24
 
67
0
qalampir.uz

Tramp Netanyaxu bilan uchrashdi

Kecha, 26 iyul kuni AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan qariyb to‘rt yil ichida birinchi marta yuzma-yuz uchrashdi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.  Ikki siyosatchi Netanyaxu Jo Baydenni 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongani bilan tabriklaganida buzilgan muhim siyosiy ittifoqni qayta tiklashga harakat qildi. Tramp Palm-Bichdagi (Florida shtati) Mar-a-Lago qarorgohi zinapoyasida turib, AQSHga bir haftalik tashrif

22 Jul 13:33
 
57
0
xs.uz

AQSHda nomaʼlum shaxs odamlarni oʻqqa tutdi. Qurbonlar bor

AQSHning Missisipi shtati Indianola shahrida nomaʼlum shaxs odamlarni oʻqqa tutdi. Oqibatda uch kishi halok boʻldi, yana 16 kishi yaralandi. Bu haqda WTVA telekanali mahalliy politsiyaga tayanib xabar bermoqda.'Indianoladagi ommaviy otishmada uch kishi halok boʻldi, yana koʻp kishi jarohatlandihtml5-dom-document-internal-entity1-hellip-end Politsiyaning aytishicha, otishma oqibatida 16 kishi yaralangan', ' deyiladi xabarda.OAV maʼlumotlariga koʻra, halok boʻlganlarning barchasi 19 yoshda