Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar — deputatlar muhokamasida


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Unda “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakunlari asosida Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilinmoqda.
Kun tartibidagi masala yuzasidan parlament quyi palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi J.Shirinov axborot beryapti.
Taʼkidlanganidek, Asosiy qonun ijtimoiy-siyosiy hayotimizning huquqiy asosi boʻlib, u ozod va suveren davlatning huquqiy asosini yaratish bilan birga, jamiyatimizning huquqiy taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. Oʻtgan davrda Konstitutsiyamizga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar aholi farovonligini yanada oshirishda, davlat va jamiyatning har tomonlama rivojlanishida va hayotning barcha sohalarini liberallashtirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Xalqimiz bilan bamaslahat ishlab chiqilgan kelgusi besh yillikning bosh muhim hujjati — Taraqqiyot strategiyasida belgilangan xalqparvar davlatni barpo etish, inson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali taʼminlash kabi maqsadlar mamlakatimizdagi tub islohotlarga mos yangi konstitutsiyaviy-huquqiy makonni yaratish zaruratini yuzaga keltirdi.
Shundan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy islohotlarni oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarning samarali va puxta amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi va mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonda har bir fuqaroning oʻz fikr-mulohalarini, takliflarini bildirishi uchun barcha qulayliklar yaratib berildi.
Xususan, deputatlar tomonidan hududlarga chiqilgan holda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda fuqarolar ishtirokida qator uchrashuvlar tashkil etilib, konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish ishlari olib borildi.
Umumxalq muhokamasi davomida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan aholidan hamda fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 150 mingdan ortiq taklif va fikr-mulohaza kelib tushgan boʻlib, ularning katta qismi oʻrganildi va Konstitutsiyaviy qonun loyihasida oʻz aksini topmoqda.
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland